Asalarichilik

Assalamu alaykum! Biz asalarichimiz. Asalni ushri 10 dan 1 beriladi deb o‘qidik. Bunda harajatlarni chiqarib tashlaymizmi?
2). Ba’zi ustozlarimiz asalni nisobi bor, nisobga etsa keyin ushr beriladi deyapti. Shundaymi?
3). Qo‘limizda qancha asal yig‘ilsa qurbonlik vojib bo‘ladi?
4). Biz bahorda 3-4 oy asalariga rivojlantirish uchun shakar beramiz. Bu shakarni biz bilmagan miqdorini asalari asal qilib qayta ishlaydi va asalga aralashadi. Shakar bermaslikbi iloji yo‘q. Agar bermasak arilarimi qirilib o‘ladi. Savolim shuki, biz bu asalni toza asal deb sotamizmi? Bumasa yana 3 oy pahtada tursa va asal olsak paxta asali deb sotsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1-2). Bizning mazhabimizda harajat chiqarilmaydi, nisob ham belgilanmaydi. Chiqqanining o‘ndan biri beriladi. 3). Boshqa mollaringiz bilan qo‘shganda nisobga etadigan bo‘lsa. 4). Xalq qanday qabul qilsa o‘shani aytib sotaverasizlar. Chunki xalq ham o‘sha holatda shakarni ozuqa qilishlaringizni biladi. Shakari yo‘q deb sotmasanglar bo‘ldi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 18:13 | Савол-жавоблар | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar