Halolik uchun uzuk

Assalomu alaykum! Ayolimga dugonasi «Ayol kishi xalollik uchun uzuk taqib yurish kerak» debdi. Xech-xam bunday gap eshitmagandim, bu haqida internetdan ancha malumot izladim hech nima topolmadim,  shuning uchun sizlarga savol yubordim. Bu to‘g‘rimi? Bilmadim ayollar bunday gaplarni qaerdan topishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollar bilan erkaklarning qo‘llari bir biridan farq qilib turishiga buyurib quyidagicha marhamat qilganlar: عَنْ عَائِشَةُ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: أَوْمَتِ امْرَأَةٌ مِنْ وَرَاءِ سِتْرٍ بِيَدِهَا كِتَابٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَبَضَ يَدَهُ، فَقَالَ: مَا أَدْرِي أَيَدُ رَجُلٍ أَمْ يَدُ امْرَأَةٍ؟ قَالَتْ: بَلْ يَدُ امْرَأَةٍ، قَالَ: لَوْ كُنْتِ امْرَأَةً لَغَيَّرْتِ أَظْفَارَكِ بِالْحِنَّاءِ. رَوَاهُمَا أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir ayol parda ortidan qo‘li ila Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga maktub uzatdi. Bas, u zot qo‘llarini tortdilar va: «Bilmadim, bu erkakning qo‘limi, ayolning qo‘limi?» dedilar. «Ayolning qo‘li», dedi u. «Ayol bo‘lsang, tirnoqlaringga hinno qo‘yib olsang bo‘lmasmidi», dedilar u zot». Ikkisini Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. Sharh: Yaqqol ko‘rinib turibdiki, Islomda ayol kishilarning o‘zlariga qarashlariga, go‘zallik va latofatlarini turli yo‘llar bilan saqlash, parvarish qilishlariga katta e’tibor berilgan. Haddan oshmay, me’yorida pardoz ishlarining o‘rniga qo‘yilishi targ‘ib qilingan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 18:34 | Савол-жавоблар | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar