Quur’on oyatlari bor kitoblarni tahoratsiz ushlasa yoki o‘qisa bo‘ladimi?
Assalamu alaykum varohmatullohi vabarokatuh! Shayx hazratlariga beradigan savolim quyidagicha: Hadis kitoblarda, bundan tashqari judayam ko’p kitoblarda, masalan, Namoz haqidagi kitoblarda Qur’ondan oyatlar keltirilgan . Shunday kitoblarni tahoratsiz ushlasa yoki o’qisa bo’ladimi ? Yana bir savol: Hozirgi kunda, Kompyuterlarda, Qur’on dasturlar chiqgan, shunday dasturlarni ham tahorat bilan o’qish kerakmi? Javob uchun tashakkur. Alloh rozi bo’lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Aslida doimo tahorat bilan yurgan yaxshi.Junub, nifosli va hayzli shaxs hamda kichik betahorat kishi mushafni ushlamaydi.Alloh taolo «Voqe’a» surasida:«Uni faqat poklanganlargina ushlaydir», degan (79-oyat).Mazkurlarning barchalari pok emaslar.Illo yopishmagan g‘ilof ila ushlash bundan mutasno. Imom Buxoriy keltirgan rivoyatda Abu Voil o‘zining hayzli xodimasini Raziynning oldiga borib mushafni olib kelishga yuborishi va u g‘ilof ila olib kelishi aytilgan.Mazkur shaxslar tafsir, hadis va fiqh kitoblarini ushlashlari ham mumkin emas. Chunki ul kitoblarda ham oyati karimalar bo‘ladi.
27 Апрел 2022, 19:18 | Савол-жавоблар | 172 | Dolzarb savollar