Istig‘for haqida hadis
Assalomu alaykum! – Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Kimki istig‘for (aytish)ni ko‘paytirsa, Alloh u (banda) uchun har qanday g‘am-tashvish va tanglikdan chiqish yo‘li (paydo) qilib, uni o‘zi o‘ylamagan tomondan rizqlantiradi” (Abu Dovud, imom Ahmad, imom Tabaroniy, Nasoiy “Sunanul kubro”da, Hokim “Mustadrak”da rivoyat qilgan. Boshqa rivoyatda: “Kim o‘ziga (ko‘p) istig‘for (aytish)ni lozim tutsa…” deyilgan ).
Hadisda aytilishicha, qaysi bir banda ixlos bilan ko‘p istig‘for aytsa, Alloh taolo uni g‘am-tashvish va muammolardan chiqaradi. Yumushlarini oson qilib, u bandani o‘zi kutmagan, xayoliga keltirmagan tomonidan halol yo‘l bilan rizqlantiradi. Ustozlar mening savolim shuki mana shu hadis sahihmi yoki zaifmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sahih. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 20:02 | Савол-жавоблар | 207 | Hadislar