Mo‘minni og‘zi va yuzini aytib so‘kish
Assalomu alaykum Ustoz! Alloh taolo qiliyotgan xizmatlaringizni barakotli, foydali qilsin va doimo O‘zi madadkor bo‘lsin. Meni savolim shundan iboratki, men bir olim kishining hadisda: “Kim mo‘minni og‘ziga so‘ksa, kofir bo‘ladi” deyilgan deb aytganini eshitgandim. Bir nechta (uchtasini aniq eslayman) taksichilarni (uyat a’zolarini aytib) “og‘zinga falon” “kallanga falon” deb so‘kayotganini o‘z qulog‘im bilan eshitdim. Sababi nima desangiz, birinchisi, mijoz taksichi mo‘ljallaganidan kamroq pul taklif qildi. Eng katta sabab shu. Qolgan ikkitasi arzimas sabablar. Men chidab turolmay bittasiga: “Aka, bunday so‘kish yaxshimas” desam, u menga hadisda “Kim birovni ota-onasini so‘ksa, o‘z ota-onasini so‘kkan bo‘ladi” deyilgan. Men ota-onasini emas, o‘zini so‘kyapman. Bu hech narsa emas, men ham bilaman, dedi. Ikkinchisidan esa manzilga etmay tushib qoldik. Keyin “Al-maktabatush shamila” dan qidirsam, “Tanqiyhul-fatavol Homidiyya” nomli kitobning 2-juz, Ridda va ta’zir bo‘limi, 163- betida: “Jomi’ul fatovo” da “Kim mo‘minning og‘ziga so‘ksa, barcha olimlarning nazdida kofir bo‘ladi. Chunki, og‘iz iymon va Qur’on (chiqadigan) joydir.. degan”, deb yozilgan. Bu gapdan oldin fors tilida bir gap ham bor uni tushunolmadim. Bitta kitobni o‘qib o‘zimcha hukm chiqarmay deb sizga murojaat qilyapman. Bu kabi so‘kishlar o‘zining musulmon va o‘zbekligini unutgan odamlar hatto yoshlar orasida ham oddiy holga aylangan. Shunday so‘kkan kishining hukmi nima bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat! Alloh taolo barchamizga iymonli yashab, iymon bilan vafot etishni nasib aylasin. Omiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- SO‘KISh. Ba’zi ulamolar insonni «notiq hayvon»deya ta’riflagan ekanlar. Lug‘aviy jihatdan «hayvon»lafzi «hayot» so‘zidan olingan bo‘lib, hayoti bor narsalarga ishlatilsa bo‘ladi. Shuning uchun insonga nisbatan ham hayvon iborasini ishlatish mumkin, deydilar. Mulohaza qilib ko‘rilsa, insonning bir qancha narsalarda hayvon bilan o‘xshashligi bor. Misol uchun och qolish, taomga muhtoj bo‘lish, issiq yoki sovuqdan ta’sirlanish, jins, zurriyot, qon aylanishi va hokazo. Yuqoridagi ta’rifdagi «notiq» so‘zi esa insonni boshqa hayvonlardan ajratib turadigan narsalardan biridir. Demak, muayyan ma’noni anglatuvchi nutq so‘zlash qobiliyati insonni hayvondan ajratuvchi afzalliklardan biri sanalar ekan. O‘z navbatida bunday nutq so‘zlash uchun aql, idrok bo‘lishi zarur. Ushbu mazkur omillarning yig‘indisidan insonni boshqa hayvonlardan ajratib turuvchi asosiy sifati-yaxshidan yomonni, foydadan zararni ajrata bilish sifati kelib chiqadi.Binobarin, inson mazkur sifati ila kerakli ishlarni ajratib olib, keyin ixtiyor etganini amalga oshiradi. Bunga iroda deyiladi. Insondagi iroda ikki xil bo‘ladi. Yaxshi iroda va yomon iroda. Inson yaxshi ishlarning farqiga qancha ko‘p borsa, ularni ixtiyor etsa va irodasi ila amalga oshirsa, uning insoniyligi shunchalik barkamol bo‘ladi. Ikki dunyoning saodatiga ko‘proq erishadi. Aksincha, qancha ko‘p yomon ishlarni ixtiyor etsa va ularni irodasi ila amalga oshirsa, insoniyligi shunchalik nuqsonga uchraydi. Ikki dunyoning badbaxtligiga shunchalik ko‘p giriftor bo‘ladi.Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, insonning barkamolligi yoki kamchiliklari uning irodasidan vujudga keladigan amallari, o‘zini tutishi va muomalalari samarasidir.O‘z navbatida inson barkamolligi ham ikkiga bo‘linadi: ilmiy barkamollik va amaliy barkamollik.Birinchisi, ya’ni ilmiy barkamolikka erishish uchun turli ilm va ma’rifatlarni egallash lozimdir. Ikkinchi, ya’ni amaliy barkamollik esa, «Insonning axloqiy barkamolligi» deb ham, ataladi. Uning vositasi ila inson o‘z fikrlari, tasarruf va amallarini tartibga soladi. Tasarruf va amallar insondan g‘olib emas, balki inson ulardan g‘olib keladi. O‘zining ajratish qobiliyati ila yaxshini yomondan farqlaydi va ularni tartibga soladi. Natijada insonda haqiqiy odobli va madaniyatli shaxsda sodir bo‘lishi lozim bo‘lgan gap-so‘z va amallar yuzaga chiqadi.Ushbuning vujudga kelishida din asosiy manba hisoblanadi. Allohga bo‘lgan iymon, qiyomat kunidan bo‘lgan umid, gunoh hamda savob tushunchasi, boshqa diniy tarbiya va omillar insonning irodasidan kelib chiqadigan omillarni tartibga solishda, ularni yaxshilik tomon burishda juda muhimdir. Aks holda ko‘zlangan natijaga erishib bo‘lmaydi.Ushbu fikrni xalqlar boshiga balo bo‘lib kelgan xudosiz kommunizm tuzumi misolida o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Bu tuzum mafkurachilari tomonidan inson barkamolligi haqida aytilgan va yozilgan gap-so‘zlarning chegarasi yo‘q edi. Yangi inson yaratish, madaniyatning eng yuksak cho‘qqisiga chiqish da’volari tinmay tashviqot qilindi. «Kommunizm quruvchisining axloq kodeksi» ishlab chiqildi va shunga o‘xshash narsalar amalga oshirildi. Ammo oxiri borib bu tuzum dunyodagi eng axloqsizlar tuzumi ekanligi fosh bo‘ldi. Bu tuzumning asoschilari, ra’barlari va faollari axloqiy fazilatning ko‘chasidan ham o‘tmaganliklari ma’lum bo‘lib qoldi. Sobiq Ittifoq hududida yashagan barcha xalqlarning ming yillar davomida to‘plagan axloqiy tajribalari, ma’naviy qadriyatlari oyoq osti qilindi. Kommunistlarning eng kattalari bilan muloqotda bo‘lganlar ularning axloqsiz kishilar ekanligini darhol payqar edi. Ushbu tajribalar inson iymonsiz bo‘lsa, axloqsiz ham bo‘lishini, bu bilan u hayvondan past darajaga tushib qolishini ko‘rsatadi.Endi esa, yangidan ma’naviy qadriyatlarni tiklash, kishilarni odob, axloqli, madaniyatli qilib tarbiyalash vazifasi turibdi. Buning dastlabki bosqichida birinchi navbatda yomon xulq-atvordan qutulish lozim bo‘ladi. Ushbu maqolada ana shunday axloqiy buzuqliklardan, ta’bir joiz bo‘lsa, ma’naviy jinoyatlardan biri bo‘lgan «so‘kish», ya’ni bir insonning ikkinchisini noloyiq so‘zlar bilan ta’qirlashi haqida suhbat qilamiz. Ko‘pchilik axloq ilmi ulamolari Insonni tabiatan madaniy jonzot, deb ham ta’riflaydilar. Ya’ni inson o‘zi yolg‘iz yashay olmaydi. U o‘ziga o‘xshagan boshqa insonlar bilan madaniy hayot kechirishga majburdir. O‘sha jamoatchilik orasida yashash davomida go‘zal axloqiy fazilatlar egasi bo‘lishi talab etiladi. Axloqiy fazilatlar, jumladan shirin muomala har bir inson uchun ziynat hisoblanishida hamma xalqlar bir fikrdalar. Ammo amalga kelganda ixtilof boshlanadi. Dinsizlar razolatlarni tap tortmay amalga oshiraveradilar. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, kommunistlar bu sohada hammadan o‘tib ketgan edilar. Ularning beodob gaplari, so‘kinishlariga teng keladigan hech narsa bo‘lmasa kerak. Hozir ularning rahbarlari aytgan so‘zlardan iqtibos keltirmoqchi bo‘lganlar, avval tinglovchi yoki o‘quvchidan uzr so‘rab, so‘ngra iqtibos keltiradilar.Xo‘sh bunday odobsizliklarga, xususan so‘kishga Islomning munosabati qanday? Islom kishilarni barcha axloqiy fazilatlarga chaqiradi va barcha razolatlardan qaytaradi. Dunyoda hech bir din, falsafa yoki tuzum Islomchalik axloqqa ahamiyat bermagan. Islom payg‘ambari Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallam: «Yaxshi axloqlarni batamom o‘rnatish uchun payg‘ambar qilib yuborildim», deganlar. Qur’oni Karim oyatlarida, payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning hadislarida, ulamolarimizning kitoblarida axloqqa katta ahamiyat berilgan. Musulmonlarni boshqalardan ajratib turadigan asosiy alomatlardan biri ham ularning yuksak axloqiy fazilatlaridir. Avval aytib o‘tganimizdek, Islom yaxshi axloqlarga chaqiribgina qolmay, insonlarni yomon xulqlardan qaytaradi ham. Islom ta’limotlariga amal qilib borilgandagina yomon axloqlardan xalos bo‘lish mumkin.Bir oz cho‘zilib ketgan muqaddimadan so‘ng asosiy mavzu «so‘kish»ga Islom qanday qarashiga qaytaylik.So‘kish yoki so‘kinish Islomda katta beodoblik va gunohlar qatoriga kiradi. U ijtimoiy aloqalarning buzilishiga, insonlarning haqoratlanishiga olib keladigan badxulqlikdir. Shuning uchun ham payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vasallam o‘z hadislarida so‘kishni qattiq qoralaganlar. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasaiy va boshqa mashhur muhaddislar Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilgan mashhur hadisda payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam: «Musulmon kishini so‘kish fisqdir. U bilan urushish esa kufrdir», deganlar.Ma’lumki, fosiqlik katta gunoh hisoblanadi. Shariat ko‘rsatgan chegaradan chiqib, gunoh ishlarni qiluvchilar fosiq hisoblanadi. Fisq dindan chiqishning boshlanishi bo‘lib, tavba qilmasdan, o‘sha gunohni davom ettirganlar dindan chiqadi. Shuning uchun ham hadisi sharifda so‘kish fisq, urush esa kufr deyilayapti. Chunki fisq kufrga olib borganidek, so‘kish ham urushga olib boradi.Odatda odamlar so‘kishga uncha e’tibor bermaydilar. So‘ksa so‘kilib qolarmidi, deb ketaveradilar.Falonchi bo‘lgandan keyin so‘kadi-da, degan noo‘rin mulohazalarni ham aytadilar. Aslida esa, so‘kish gunoh va qabih ish bo‘lish bilan birga, o‘zidan ko‘ra kattaroq gunoh va halokatlarga eltuvchi yo‘l ham hisoblanadi.Imom Bazzor Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu dan rivoyat qiladilar. U kishi payg‘ambarimizga sanadini etkazadilar. U zoti boborakot sallollohu alayhi vasallam: «Musulmonni so‘kish halokat jari yoqasiga kelganligini anglatadi», degan ekanlar. Jar yoqasiga kelgandan so‘ng unga tushib ketish hech narsa bo‘lmay qoladi. Demak, so‘kishga e’tibor bermay, so‘ksa nima bo‘pti, deyish mutlaqo noto‘g‘ri ishdir.Xususan, so‘kishni ko‘p ishlatadigan beodob odamlar katta gunohlarga sabab bo‘ladilar. Ular oliy ilm dargohlarni bitirganlar, katta mansablarni egalaganlar, yaxshi kiyinib, yaxshi yashashlari ham mumkin. Ammo modomiki, ichlarida yaxshilikka amal qildiruvchi kuch yo‘q ekan, o‘zlarining so‘zlarini tuzatolmas ekanlar, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, fosiq bo‘ladilar, madaniyatsiz, tuban inson hisoblanadilar. O‘zaro muomalada birinchi bo‘lib so‘kkan odam katta ma’naviy jinoyat qilgan bo‘ladi. Oradagi hurmat va izzat, o‘zaro tushunish pardasini yirtgan, yomonlikka yo‘l ochgan bo‘ladi.Imom Bayhaqiy Abdulloh roziyallohu anhu dan rivoyat qilgan hadisda payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam:»Har qanday ikki musulmonning orasida albatta, Alloh Taolo tomonidan tutilgan parda bo‘ladi. Ulardan biri ikkinchisiga bir og‘iz so‘kish so‘z aytsa, Allohning pardasini yirtgan bo‘ladi», deganlar.Kishilar orasidagi o‘zaro hurmat va ehtiromning Islom dinida qanchalik ulug‘lanishini ko‘rayapsizmi? Hadisi sharifda bu narsani «Allohning pardasi», deb atalmoqda. Xalq orasidagi «Insof qilaylik, oramizdan parda ko‘tarilmasin, yuzimiz ochilmasin, keyin yaxshi bo‘lmaydi», degan gaplar ushbu hadisi sharifdan olingan bo‘lsa ajab emas. Demak, birinchi bo‘lib boshqa shaxsni so‘kkan odam katta ma’naviy jinoyat qilgan bo‘ladi. U oz emas, ko‘p emas, olamlarning Robbisi Alloh Taolo insonlar orasiga qo‘ygan pardani yirtgan hisoblanadi.Shu bilan birga ikkinchi tomon ham darrov o‘t olib, so‘kishni boshlab yuborishi kerak emas. Birinchi shaxs uni so‘kish bilan katta gunoh qildi. O‘zining beodob. pastkash ekanligini ko‘rsatdi. Endi ikkinchi kishi u bilan tenglashmasligi shart. Imom Ibn Hibbon rivoyat qilgan hadisda Niyoz ibn Himor quyidagilarni aytadilar:«Men Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamga «Ey Allohning Rasuli! Bir odam meni so‘ksa, u o‘zimdan past bo‘lsa, undan g‘olib keladigan bo‘lsam, menga biror narsa bo‘ladimi?» deb so‘radim. U zot: «Ikki so‘kishgan, obro‘yini to‘kayotgan va yolg‘on gapirayotgan kishilarikki shaytondir» dedilar.Demak, Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam Niyoz ibn Himor roziyallohu anhuga o‘zini so‘kkan odamga javob qaytarishga izn bermadilar. Agar shunday qilsa, ikki beodob shaytonning biri bo‘lib qolishini anglatdilar. Bu narsa har bir musulmonning yodida doimo turishi lozim bo‘lgan narsadir. So‘kishni o‘ziga odat qilib olgan beodob insonlar o‘zlarining jirkanch xulqlari, pastkashliklari bilan nafaqat qarshisida turgan shaxsni, balki beayb, mo‘’tabar va ulug‘ insonlarni ham haqorat qilgan bo‘ladi. Odam shaklida yurgan bunday shaxslar yomonligidan uyda ibodat bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tirgan mushtipar onalar, opa-singillar va boshqalar ham chetda qolmaydi. Ko‘proq bu haqoratlar so‘kuvchining ota-onasini va yaqinlarini haqorat qilish bilan qaytariladi.Imomi Buxoriy Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam: «Katta gunohlarning kattasi insonning o‘z ota-onasini la’natlamog‘idir», dedilar. Shunda: «Ey Allohning Rasuli! Qanday qilib odam o‘z ota-onasini la’natlaydi», deb so‘raldi. U zot sallollohu alayhi vasallam: «Bir odam birovning otasini so‘ksa, u ham buning otasini so‘kadi , onasini so‘ksa, onasini so‘kadi», dedilar. Ko‘rib turibmizki, bu juda ham noqulay holat ekan. Ota-onaga rahmat, izzat-obro‘ keltirishning o‘rniga o‘zining beodobligi ila la’nat, so‘kish keltirish naqadar badbaxtlik.Inson o‘zining barcha tasarrufotlari, ishlari, gap-so‘zlarini idora qila bilishi, yaxshi so‘zlarni aytib, yaxshi amallarni qilib, yomon so‘z va amallardan qaytishi lozim. Islomda nafaqat odamni, balki hayvonlarni so‘kish ham man qilingandir. Yosh bolalarimizni shu ruhda tarbiyalab borishimiz kerak. Kattalar esa, bu borada ularga o‘rnak bo‘lishlari zarurdir. Alloh Taolo hammamizni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin!Siz keltirgan fatvoga o‘xshash fatvolar ushbu ta’limotlar asosida chiqarilgan.
20 Апрел 2022, 19:43 | Савол-жавоблар | 261 | Ruhiy tarbiya