Dam soluvchilarning shubhali gapi
Assalomu alakum! Aziz ustozlar, savolim shaxsan mani qiziqtiradi. Allohga shukur ibodatli qildi, ozmi ko‘pmi dinmiz xaqida malumotlarga egaman, biror masalani echimi yo javobini kitobu sunnatga qarab, yo dinimiz ulamolarini qoldirgan asrlaridan yoki ilm egalaridan so‘rash kerakligni bilaman. Odam o‘zini ruxiyatida dardni xis qilsa, tabobat yoki Allohni kalomi orqali shifo qidiradi. Men ham o‘zimga dam soldirgani ilm egalarini oldiga chiqib turaman, savolim noo‘rin bo‘lsa uzr, lekin nimagadur shu domlalarni oldiga dam soldirish uchun payshanba kunini shom nomozidan keyin to juma kunini oxirigacha chiqib bo‘midi? Buni mantiqi sababin bilmoqchiman. Namoz o‘qib bo‘midgan vaqtlar borligini, Allohni kalomini zikr qilib bo‘midigan joylar borligini bilaman. Lekin nega aynan juma kuni dam soldirsa bo‘masligini tushunolmiman. Dam soladigan domlalardan so‘rashga andisha qildm. Javobingiz uchun kotta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday gapni jinlar bilan aloqada bo‘ladigan “domla”lar aytishadi. Chunki u vaqtda ularning jinlar bilan aloqasi uziladi. Shifo va madadni Alloh taolodan so‘rovchi domlalarga esa payshanba yoki jumaning farqi yo‘q. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 20:34 | Савол-жавоблар | 161 | Tabobat