G‘usl haqida
Assalomu alaykum! Sizlardan bit necha savol so‘ramoqchiman. Savolim nojoiz bo‘lsa oldindan uzr.
1) Hozirgi paytta junub bo‘lgan, ya’ni g‘usl vojib bo‘lgan kishi hammomda hech qanday niyatsiz cho‘milib, keyin tahorat olsa, g‘usl olgan bo‘ladimi?
2) Maniy kelgandan keyin albatta orqasidin maziy kabi qandaydir bir suyuqlik keladi. Agar maniy kelgandan keyin namoz vaqti kirgan bo‘lsa, g‘usl qilmasdan o‘sha suyuqlik kelishini kutib keyin g‘usl qilish kerakmi? Shu savolimga batafsil javob berishingizni istardim. Oldindan rahmat. Alloh bu savobli ishlaringni o‘z dargohida qabul qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! G‘uslning farzlari uchta bo‘lib, 1-og‘izga suv olish, 2-burunga suv olish, 3-badanning hamma joyiga suv etkazish. G‘usl uchun niyat qilish farz emas. Shunga binoan junub bo‘lgan kishi sovush maqsadida yoki kirlardan tozalanish maqsadida cho‘milsa ham yuqoridagi uch farz topilsa junublikdan pok bo‘ladi.
2-maniy kelganidan keyin orqasidan albatta bavl qilib yuborishi shart. Undan keyin maziyni kutmasdan g‘usl qilsa, junublikdan pok bo‘ladi. Agar bavl qilmasidan oldin g‘usl qilsa, junublikdan pok bo‘ladi, lekin o‘sha g‘usldan keyin bavl qilsa, ulamolarimiz “ichkarida qolgan maniy tashqariga chiqqani uchun yana g‘usl vojib bo‘ladi” deganlar. Vallohu a’lam.
27 Апрел 2022, 21:41 | Савол-жавоблар | 198 | Tahorat