Tilladan zakot berish
Assalomu alaykum! Meni tillalarim bor, ularga zakot bermoqchiman. Necha grammiga qancha pul berishni bilmayapman. Iltimos shuni tushintirsangizlar. Oldindan javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 85 grammga etsa, qancha bo‘lsa, o‘shani qirqdan birini zakot qilib berasiz.
Savol: Tillo va kumush taqinchoqlardan zakot chiqarilayotgan paytda vazn e’tiborga olinadimi yoki qiymatimi?
Javob: Tillo va kumush taqinchoqlardan zakot chiqarishda jins e’tiborga olinadi, ya’ni agar tillo taqinchoqlardan tillo, kumush taqinchoqlardan kumush zakot chiqarmoqchi bo‘lsa, taqinchoqlarning vazniga qarab zakot chiqaradi. Agar tillo va kumush taqinchoqlarning zakotini ularning jinsiga xilof bo‘lgan narsalar, ya’ni qog‘oz pullar bilan zakot chiqarmoqchi bo‘lsa, taqinchoqlarning bozordagi qiymati e’tiborga olinadi. وَأَجْمَعُوا أَنَّهُ لَوْ أَدَّى مِنْ خِلَافِ جِنْسِهِ اُعْتُبِرَتْ الْقِيمَةُ “Tillo va kumushning zakotini ularning jinsini xilofi bo‘lgan narsa bilan ado qilsa, ularning qiymati e’tiborga olinadi deb, ijmo qilganlar” (Raddul muhtor).
Tillo va kumush taqinchoqlar borasidagi asl masala shudir. Lekin, diyorimizdagi urfda zargarlar taqinchoq sotib olayotgan paytda taqinchoqlarning yasalishiga e’tibor bermay, vazniga e’tibor beradilar, ya’ni taqinchoqlardagi tilloning vazni qancha bo‘lsa, o‘sha vazn uchun pul to‘laydilar. Yasalgan holatdagi qiymatini e’tiborga olmaydilar. Agar zargarlar odamlarga taqinchoq sotsalar, tilloning vazniga qarab emas, yasalgan holatiga qarab sotadilar. Shuning uchun zargarlar qo‘llaridagi bor taqinchoqlarning tillosining vaznidan emas, balki taqinchoqlarning qiymatidan zakot chiqaradilar. Tillo taqinchoq tijorati bilan shug‘ullanmaydigan iste’molchilar esa, taqinchoqlarning vaznidan zakot chiqaradilar (Imdodul fatavo). Agar taqinchoqlarni iste’mol qiluvchilar ham taqinchoqlarini sotishda ularning vazniga qarab emas, yasalgan holatiga qarab sotadigan bo‘lsalar taqinchoqlardan zakot berayotgan paytda ularning qiymatidan zakot chiqaradilar. وَلَوْ كَانَ لَهُ إبْرِيقُ فِضَّةٍ وَزْنُهُ مِائَتَانِ وَقِيمَتُهُ لِصِيَاغَتِهِ ثَلَثَمِائَةٍ إنْ أَدَّى مِنْ الْعَيْنِ يُؤَدِّي رُبُعَ عُشْرِهِ ، وَهُوَ خَمْسَةٌ قِيمَتُهَا سَبْعَةٌ وَنِصْفٌ وَإِنْ أَدَّى خَمْسَةً قِيمَتُهَا خَمْسَةٌ جَازَ ، وَلَوْ أَدَّى مِنْ خِلَافِ جِنْسِهِ يُعْتَبَرُ الْقِيمَةُ بِالْإِجْمَاعِ كَذَا فِي التَّبْيِينِ “Bir kishining vazni ikki yuz kumush dirham(595 gm. kumush)ga teng kumushdan yasalgan ko‘zasi bo‘lsa va uning qiymati uch yuz kumush tanga bo‘lsa, agar zakotini kumushda bermoqchi bo‘lsa, qirqdan biri, ya’ni qiymati etti yarim bo‘lgan besh dirham (kumush ko‘zaning vazni ikki yuz dirhamga teng qiymati esa, uch yuz dirhamga teng. Ikki yuz dirhamning qirqdan biri besh dirhamdir. Ko‘zaning qiymati bo‘lgan uch yuz dirhamning qirqdan biri etti yarimdir) beradi. Agar qiymati besh dirham bo‘lgan besh dirham bersa ham joiz. Agar (kumush ko‘zaning zakotini kumushdan) boshqa jinsda bermoqchi bo‘lsa ijmoan (bozordagi ko‘zaning uch yuz dirhamlik) qiymat e’tiborga olinadi (va uch yuzning qirqdan biri zakot sifatida beriladi). “Tabyinda” shunday deyilgan” (Raddul muhtor).
Ayolllarning taqinchoqlari 85 gram tilloga etsa, taqinchoqlarning bozordagi sotilish narxi qancha bo‘lsa, o‘sha narxning qirqdan birini zakotga ajratiladi (Apke masail unka hal). الْمَالُ الَّذِي تَجِبُ فِيهِ الزَّكَاةُ أَدَّى زَكَاتَهُ مِنْ خِلَافِ جِنْسِهِ أَدَّى قَدْرَ قِيمَةِ الْوَاجِبِ إجْمَاعًا “Zakot vojib bo‘lgan molning jinsining xilofidan zakot bersa, vojib bo‘lgan miqdorning qiymatini ado qiladi” (Fatvoi hindiya).
Savol: Tillo, kumushdan boshqa qimmatbaho toshlardan ham zakot chiqariladimi?
Javob: Bunday toshlar tijorat maqsadida bo‘lmasa, ulardan zakot berilmaydi. Tillo taqinchoqlarga qo‘yilgan bunday toshlarni vaznini chiqarib tashlab, sof qolgan tillo yoki kumush vaznidan zakot beriladi. لَا زَكَاةَ فِيمَا سِوَى الذَّهَبِ وَالْفِضَّةِ مِنْ الْجَوَاهِرِ كَالْيَاقُوتِ وَالْفَيْرُوزَجِ وَاللُّؤْلُؤِ وَالْمَرْجَانِ وَالزُّمُرُّدِ وَالزَّبَرْجَدِ وَالْحَدِيدِ وَالصُّفْرِ وَسَائِرِ النُّحَاسِ وَالزُّجَاجِ, وَإِنْ حَسُنَتْ صُنْعُهَا وَكَثُرَتْ قِيمَتُهَا , وَلا زَكَاةَ أَيْضًا فِي الْمِسْكِ وَالْعَنْبَرِ “Tillo va kumushdan boshqa yoqut, firuzaj, gavhar, marjon, zumrad, zabarjad, temir, mis, qo‘rg‘oshin, shisha kabi qimmatbaho toshlardan zakot berilmaydi. Garchi, chiroyli tarzda yasalgan va narxi qimmat bo‘lsada. Mushki anbar kabilarda ham zakot yo‘qdir” (Fatavoi islom savol javob).
Savol: Tillo, kumush taqinchoqlarning ishlatilayotganidan zakot beriladimi yoki hojati asliyasidan tashqarisidan beriladimi?
Javob: Taqinchoqlar xoh hojati asli bo‘lsin, xoh hojati asliyadan tashqari bo‘lsin ulardan zakot beriladi. وَاللَّازِمُ فِي مَضْرُوبِ كُلٍّ مِنْهُمَا وَمَعْمُولِهِ وَلَوْ تِبْرًا أَوْ حُلِيًّا مُطْلَقًا مُبَاحَ الِاسْتِعْمَالِ أَوْ لَا وَلَوْ لِلتَّجَمُّلِ وَالنَّفَقَةِ ؛ لِأَنَّهُمَا خُلِقَا أَثْمَانًا فَيُزَكِّيهِمَا كَيْفَ كَانَا “Ikkalasidan har birining zarb qilinganida, iste’moldagisida xoh u ishlov berilmagan bo‘lsin, xoh iste’moli muboh yoki muboh bo‘lmagan taqinchoq bo‘lsin, xoh ziynat uchun bo‘lsin, xoh nafaqa uchun bo‘lsin zakot chiqarish lozim. Chunki, ikkisi narsalarning bahosi qilib yaratilgan. Bas, u ikkisi qanday bo‘lmasin ulardan zakot beriladi” (Durrul muhtor). Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 22:26 | Савол-жавоблар | 185 | Zakot