Uch taloqdan keyin

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, xo‘jayinim iltimoslari bilan savol yozdim. Chunki qilgan ishlaridan qattiq pushmondalar. Savolim shundayki u kishi “Tushinib tushinmay aytilingan taloqni Xudo kechiradi. Bundan keyingi hayotimni faqat tavbada Allohdan qattiq kechirim so‘rab Allohga qasam ichib yashasak bo‘ladimikan? Shunda farzandlarimizga ziyon bo‘lmasmikin” deb so‘rayapti. Bunga qanday maslaxat berasizlar deb so‘ramoqchidim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo Qur’onda bo‘lmaydi deb aytib tursa, biz ham shariatda boshqa yo‘li yo‘q deb aytayotgan bo‘lsak iymonli kishi Allohning amriga bo‘yinsunishi kerak. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 22:38 | Савол-жавоблар | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar