Taloqni eslolmasa

Assalomu alaykum! Ustozlar, agar er bir vaqtlar tushunmay turib taloqni niyat qilib «ket», «sen menga kerak emassan» kabi gaplarni aytgan bo‘lsa, keyinchalik tushunib taloq tushganini gumon qilsa va nechta taloq tushganini bilmasa, hukmi qanday bo‘ladi? Umuman shar’iy yo‘li bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomonning guvohligida ko‘rish kerak.  Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 22:47 | Савол-жавоблар | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar