Ushur haqida
Assalamu Alaykum Ustoz,Ijozatingiz bilan sizga savol bersam:Bizda-Xorazmlik dehqonlarda hosilni yig‘ib olishgandan keyin ushur ajratish udumi (udummi yoki dinimizda bormi, buni bilmadim) bor. Umuman, ushur haqida to‘liq ma;lumot bersangiz.Masalan, dehqonchilik qilishning bir - necha usullari bor:Fermerdan erni sotib olish, bunda dehqon erni 1 yilga fermerdan sotib oladi va hosilning hammasini o‘ziga oladi. Bunda dehqon erning hamma narsasini (er haydash, ekilgan ekin urug‘i, o‘g‘iti umuman hammasi) o‘zi qiladi. Fermer ushur chiqarish kerakmi yoki dehqon?Fermer bilan dehqon hosilning yarmiga shartnoma qilish, bunda ham Xuddi oldin ko‘rsatib o‘tilgandek hamma narsani dehqon qiladi va erni bergani uchun fermerga hosilning yarmini beradi. Fermer ushur chiqarish kerakmi yoki dehqon? Fermer bilan dehqon hosilning 45 tsentneriga sharnoma tuzishadi, yani fermer dehqonga ekin uchun hamma narsani qilib beradi, er haydash, urug‘ va o‘gitlar. Hosilning oxirida esa fermer hosilning 45 tsentnerini oladi, qolgani dehqonniki bo‘ladi. ( Xorazmda sholi ekinidan o‘rtacha 60 tsentner hosil oladi, shunday ekan dehqonga 15 tsentner hosil qoladi, bu degani 1 gektarga 1,5 tonna sholi degani). Fermer ushur chiqarish kerakmi yoki dehqon?Umuman bunday hollarda ushurni kim berish kerak, qanday berish kerak, o‘lchovi bormi? Iltimos batafsil tushuntirib bersangiz? Hurmat va ehtirom bilan kutib qolaman,Birodar.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ushr haqida ma’lumot ushba sahifada bor. Kitoblarda chiqdi. Topib o‘qing.
27 Апрел 2022, 22:58 | Савол-жавоблар | 190 | Boshqa ibodatlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ushr haqida ma’lumot ushba sahifada bor. Kitoblarda chiqdi. Topib o‘qing.
27 Апрел 2022, 22:58 | Савол-жавоблар | 190 | Boshqa ibodatlar