Junub xolda ALLOXni zikr kilish
xurmatli Ustoz! Bir savolim bor edi. Biz xozir rossiyadamiz, bomdodni 04:10da ukiymiz va undan keyin yana yotib uxlaymiz. Uylanmaganman shu sababli ba’zi-ba’zida bomdoddan keyingi uykuda extilom bulib kolamiz, gusl kilishga vakt yuk, yuz-kulimizni yuvib yulga chiksak soat 8ga ish joyimizga etib kelamiz, shu sabab tushlik vaktida kelib gusl kilib ketamiz. Ustoz biz shu junub vatimizda ish joyimizda ba’zi-ba’zida maruzalar eshitamiz, maruzalar ichida ALLOX(j/j), Paygambarimiz(s.a.v.) ismlarini eshitamiz, (s.a.v.), (j/j), deyish vojib. Yana kupchilik salom beradi ularga xam alik olish vojib, yana ish vaktimizda jim turmaylik deb (istigfor, takbir, taxlil, xamd-sano)larni shu junub xolimizda zikr kilsak gunoxkor bulmaymizmi? ALLOX sizdan rozi bulsin. Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir marta Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga Madinaning yo‘llaridan birida yo‘liqib qoldilar. Men junub edim, bekinib oldim». Boshqa rivoyatda: (Bildirmay chetlandim). Borib g‘usl qilib keldim. U zot: «Ey Abu Hurayra, qaerda eding?» dedilar. Men:«Junub edim, siz bilan nopok holimda o‘tirishni yoqtirmadim» dedim. U zot: «Subhanalloh! Musulmon najas bo‘lmas», dedilar». Sharh: Hadisda junublikning hukmini to‘liq bilmaydigan odamning holi bayon qilinmoqda. Junublik haqidagi dastlabki ma’lumotlarni eshitgan odamda ko‘pgina g‘alati fikrlar to‘planib qoladi. Jumladan, ba’zilar junub odamni ko‘rgan odam ham junub bo‘lib qolar ekan, falon bo‘lar ekan, piston bo‘lar ekan, degan e’tiqodlarni qilib, noo‘rin gaplarni aytib yuradilar. Aslida unday emasligini bu hadisdan bilmoqdamiz.Madinai Munavvaraning yo‘llaridan birida Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamga yo‘liqib qolgan Abu Hurayra roziyallohu anhu ham shunga o‘xshash fikrni qilganlar. Ya’ni, junub holda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga ko‘rinib, u kishi bilan o‘tirib bo‘lmaydi, degan fikrga borib, bekinib olgan edilar. U kishi borib g‘usl qilib kelganidan keyin, bo‘lib o‘tgan ishning mulohazasini qilib turgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Hurayra, qaerda eding?» deb so‘radilar. Bu yuksak odob namunasidir. Nima uchun meni ko‘rib, bekinib olding? Yoki ha, falon holatda edingmi, demay, qaerda eding, dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu esa to‘g‘risini aytdilar: «Junub edim, siz bilan nopok holimda o‘tirishni yoqtirmadim», dedi. Bu u kishining haqqi edi. O‘z holatini xohlasa aytsin, xohlasa, bekitsin edi. Abu Hurayra roziyallohu anhu o‘z holatlarini va fikrlarini ochiqchasiga aytishni ravo ko‘rdilar va aytdilar. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam esa Abu Hurayra roziyallohu anhuning fikrlari noto‘g‘ri ekanini bayon qilib: «Subhanalloh! Musulmon najas bo‘lmas», dedilar». «Subhanalloh»ning lug‘aviy ma’nosi «Allohni poklab, yod etaman» bo‘lib, gohida ajablanish ma’nosida gap o‘rnida ham ishlatiladi. Musulmon odam najas bo‘lmas, u junub bo‘ladi. Junublik esa uni namoz o‘qish, Qur’on ushlash kabi ba’zi narsalardan chetda turishini taqozo qiladigan holat. Uni najasga aylantirib qo‘ymaydi. Birov bilan gaplashish, so‘rashish yoki birga o‘tirishini man qilmaydi.Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:1. G‘usl vojib bo‘lgandan keyin ko‘chaga chiqib yurish joizligi.2. Garchi g‘usl vojib bo‘lishi bilan uni qilib olish yaxshi bo‘lsa ham, uni ortga surish mumkinligi. Lekin ortga surish namoz vaqtidan chiqib ketish darajasida bo‘lmasligi kerak.3. Rahbar, olim odam o‘ziga tobe’ kishilarda noto‘g‘ri ish sodir bo‘lganini mulohaza qilsa, undan so‘rab, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib qo‘yishi lozimligi.4. Mo‘min-musulmon odam najas bo‘lmasligi.5. Junub odam boshqalar bilan ko‘rishishi, birga o‘tirishi mumkinligi.Shuningdek, og‘zi va burnini yaxshilab chayib olib, ichimlik va taom tanovul qilishi ham mumkin. Bu hukmlarni keyingi hadisi shariflardan o‘rganamiz.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qachon junub bo‘lsalar-u, emoq yoki uxlashni iroda qilsalar, namozga tahorat qilganlaridek tahorat qilar edilar».Ikkala hadisni Beshovlari rivoyat qilishgan.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning odatlari shundoq edi. Bu degani bir-ikki marta emas, balki odat tusiga kirgan hol edi. U zot avvalo, g‘usl vojib bo‘lishi bilan uni qilar edilar. Lekin ba’zi hollarda g‘usldan oldin uxlashlari yoki taom tanovvul qilishlari ham ehtimoldan xoli emas edi. Ana o‘sha vaqtlarda, avval namozga qiladigan tahoratni amalga oshirib uxlar yoki taom tanovvul qilar edilar. Bu ham bo‘lsa, Islom dini osonlik yo‘lini tutishidan dalolatdir.Oishadan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam junublikdan qandoq g‘usl qilar edilar, uxlashdan oldin g‘usl qilar edilarmi yoki g‘usl qilishdan oldin uxlar edilarmi?» deb so‘raldi. Men:«Buning barchasini qilar edilar. Gohida g‘usl qilib, so‘ng uxlar edilar. Gohida tahorat qilib uxlar edilar. Ishda kenglik qilib qo‘ygan Allohga hamdlar bo‘lsin», dedim».Beshovlaridan faqat Imom Buxoriy rivoyat qilmagan.Junublikdan g‘usl qilish borasida Alloh taolo musulmonlarga qanchalik kenglik bergani bu hadisi sharifda ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Agar Alloh taolo junub bo‘lishing bilan darhol g‘usl qilmasang, falon bo‘ladi, desa haqqi bor edi. Junub bo‘lgan odamga bir lahza ham uxlashi, eb-ichishi, birovga ko‘rinishi va boshqa narsalar mumkin emas, desa haqqi bor edi. Lekin undoq qilmadi, oson qildi. Shuning uchun hammamiz Oisha onamizga qo‘shilib:«Ishda kenglik qilib qo‘ygan Allohga hamdlar bo‘lsin», deyishimiz lozim.Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam junub bo‘lmasalar, bizlarga har qanday holda Qur’onni o‘qitar edilar», degan.«Sunan» egalari rivoyat qilishgan.Bu hadisdan junub holda Qur’on o‘qitish va o‘qish mumkin emasligi kelib chiqadi.Kezi kelganda junub odamga man qilingan narsalarni tartib bilan eslab o‘taylik:1. Namoz o‘qish va tilovat sajdasi qilish.2. Ka’bai Muazzamani tavof qilish.3. Qur’oni karimni ushlash.4. Qur’oni karimni tilovat qilish. Ammo «Bismilloh»ni aytish, Allohni zikr qilish mumkin.5. Masjidga kirish va u erda qolish.Ushbu ishlardan boshqa ishlarni qilish mumkin. Lekin iloji boricha tezroq g‘usl qilib olgan ma’qul.
20 Апрел 2022, 19:44 | Савол-жавоблар | 440 | Tahorat