ZARUR FIKXIY MASALALAR XAKIDA SAVOLLAR!!!

Assalomu alaykum va rahmatullohi barokatuhu!Bismillahir Rohmanir Rohiym!Alloh taologa maxluqotlari adadicha hamd va sanolar hamda U Zotning bandasi va rasuli Muhammadga, ahli baytlariga salom va salovatlar bo‘lsin. Sahobai kiromlardan Alloh taolo rozi bo‘lsin! Muhtaram ustoz, shayx janoblari! Sizga savollar ila murojaat qilishga izn bergaysiz:1. Hozirda jamoat joylarida pullik xususiy hojatxonalar bor. Bu xojatxonalarning ko‘pining tahoratxonasi ham ichida joylashgan. Masjidlarning ko‘pida ham shunday. Bunday tahoratxonalarda tahorat qilishning hukmi qanday? “Bismillah” va shu kabi duolarni u erda aytib, tahorat qilinsa durust bo‘ladimi? Kishi xojatxonada tahorat qilgan bo‘lib qolmaydimi?2. Topadigan daromadi asosan harom va shubhali kasblardan bo‘lgan qo‘shni tomonidan taom olib chiqilsa, bu taom tanovul qilinganda, luqma xarom bo‘lib, ibodatlar qabul bo‘lmay qolishidan qo‘rqilsa, bu taom nima qilinadi? 3. Aqiyda, fihq kabi ilmlarni kitobdan o‘rganib, (misol uchun sizning kitoblaringizdan) dinda bilmaganini savol qilib so‘ragan birodarlarga, ahli oiladagilarga diniy hukmlarni bayon qilib berish mumkinmi? Diniy hukmlarni aytayotganda “falon kitobda bunday deyilgan, falon olimning fatvosida bunday deyilgan” deb dinni tushuntirish mumkinmi (nozik masalalar, misol uchun taloq, meros, birovni kofirga chiqarish kabi masalalardan tashqari)? 4. Men “Sunniy aqiydalar”, “Kifoya”, “Hadis va hayot”, “Ruhiy tarbiya”, “Al adab-al mufrad” kitoblarini sotib olganman. Ularni tartib bo‘yicha o‘zlashtirishga harakat qilmoqdaman. Niyatim, avvalo Allohni roziligi, Uni ma’rifat ila tanish, Unga qanday ibodat qilishni o‘rganish, o‘zim va ahlimdan johillikni ketkazish hamda ko‘pchilikka manfaati etadigan ilmni egallashdir. Sizdan so‘raydiganim shuki, bir ustozni ixtiyor qilganimdan keyin o‘sha ustozdan sizning kitoblaringiz asosida amal qilish va bilmaganlarga dinni tushuntirish uchun duo olsam bo‘ladimi (albatta tushunmaganimni o‘sha ustozimdan so‘rab olish sharti bilan)? 5. Gohida masjidga imom domla hozir bo‘lmaganliklari sababli boshqa kishilar imomlikka o‘tishadi. Ularni ichida ilmlari ham bor, ilmlari etarli emaslari ham bor. Ya’ni tajvidni yaxshi o‘rganmagan. Bir kuni xufton namozi paytida shunday hol yuz berdi. Imomlikka bir otaxon o‘tdilar. O‘zlari ancha salobatli, ilmli ko‘rinsalarda, qiroatlari tajvid asosida emas edi. Men o‘zim tajvidni yaxshi o‘zlashtirishga harakat qilganman. Qiroatimni ustozdan o‘tkazib boraman. Namozni ham farz, vojib va sunnat amallarini o‘rganib, uni joyida ado qilishga harakat qilaman. Otaxon zam suraga birinchi rakatda «Tiyn» surasini, ikkinchi rakatda «Humaza” surasini tilovat qildilar. Lekin harflarini maxrajdan chiqarilishiga e’tibor bermay tilovat qildilar. Meni qalbimda namozim durust bo‘lmadi, degan shubha tushdi va uni qaytadan o‘qishni qalbimda qasd qildim. Farzni o‘qib bo‘lgach, hamma bilan sunnat o‘qishni o‘rniga nafl namozni niyatida 2 rakat namoz o‘qidim, vitr o‘qishga turishganida men o‘tmishda qazoga qoldirgan shom namozini niyat qilib namoz o‘qidim. Shu tarzda barcha bilan namozni ado etdim. Uyga borib xuftonni farz, sunnatini va vitrni o‘qib oldim. Men shu vaziyatda to‘g‘ri ish tutdimmi? 6. Xufton namozidan keyin ko‘pincha xalqa bo‘lib, “Mulk” surasi tilovat qilinadi. Agar qorilar bo‘lsa ular tilovat qiladi. Ular bo‘lmaganda qiroatni ba’zi “Mulk” surasini yod olgan otaxonlar tilovat qilishadi, lekin ularni tilovatini eshitgan qori odam joyida o‘tirolmaydi, ya’ni nihoyatda buzib tilovat qilishadi. Ko‘pchilik marosimlarda, masjidda namozdan keyin tilovat qilinganda shunday qiroati durust bo‘lmagan kishilarning Qur’onni tilovat qilishlari joizmi? 7. Befarzand bo‘lgan erkak shifoxonaga davolanish uchun murojaat qilganida unga o‘z urug‘idan tahlil berishini aytishadi, ya’ni erkaklik urug‘ini qo‘l yordamida sun’iy ravishda chiqariladi. Shunday vaziyatga ulamolarimiz qanday fatvo berishgan. Bu qo‘l zinosi qilganga kirib qolmaydimi? 8. Yusuf Qarzoviyning “Islomda halol va harom” kitobida quyidagilarni o‘qib qoldim: “Imom Ahmad ibn Hanbal (r.a)dan rivoyat qilinishicha: u maniyni vujudidan ortiqcha narsa sifatida qabul qilgan va Ibn Hazmning hamda ta’kidlashicha maniy badandan nashtar bilan chiqarilgan qon kabidir, chiqarilishi joizdir. Ammo Hanbaliy mazhabiga mansub faqihlar maniyning bu tarzda chiqarilishini joiz bo‘lishini quyidagi ikki shartga bog‘laganlar: - Birinchi shart: Zinoga tushishdan andisha qilish;- Ikkinchi shart: Uylanishni imkoni yo‘qligi, shahvoniy orzularning qo‘zg‘alishi va haromga tushib qolish xavfi holatlarida Imom Ahmadning fikriga qo‘shilish mumkin. Masalan: Vatandan uzoqda ishlagan yoki o‘qigan kishi shahvoniy hislar olida engilib, zinoga tushib qolish xavfi bilan yuzma-yuz qolganda, haddan oshmaslik sharti bilan o‘zini gunohdan saqlab qolish uchun bu ishga qo‘l urishida diniy bir ta’qiq mavjud emas.” Iqtibos tugadi. Savolim shundan iboratki, bizning Xanafiy mazhabida bu holatning hukmi qanday? E’TIBOR VA JAVOBINGIZ UChUN TAShAKKUR!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. - Bo‘laveradi. Mazkur turdagi toharatxonalarda najosat turmay, suvda oqib ketadi.2. - Emaydi.3. -Mumkin.4. - Bo‘ladi.5. - Ha.6. - Joiz emas.7. - Kirmaydi.8. Ruxsat yo‘q.

28 Апрел 2022, 00:38 | Савол-жавоблар | 149 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar