Forex yana bir aniqlik

Assalamu alaykum va roxmatulloxi va barokatux!Aziz Ustoz, Xurmatli Shayx xazratlari, Allox Sizga uzok-umr bersin, Islom diniga kilayotgan xizmatlaringizni bardavom kilsin xamda Uzi rozi bulsin!Sizga Valyutalar birjasi haqida savol tushganida quyidagicha javob berib siz.Savol:Assalomu-Alaykum, avalam bor bunday mavzudagi savol bo‘lgan bo‘lsa uzr so‘rayman, Shayh janoblari sizdan so‘ramoqchi bo‘lgan savolim Birja ishlari haqida, albatta bunday mavzuga duch kelgandirsiz shunday bo‘lsada bu ish haqida bir oz tushuncha berib o‘tishni joiz deb topdim.Birja - bozorga o‘hshash oldi sotdi jarayoni kechadigan joy, birjalar turli hil bo‘ladi, fond, valyuta, metal, indeks, va boshqa birjalar mavjud, Ulardan eng keng ko‘p tarqalgani Fond va Valyuta birjasi.Valyuta birjasi boshqacha nomi Forex, Valyuta birjasida sotib olinadigan buyum ham pul unga to‘lanadigan haq ham pul, buni ko‘proq pul almashish shahobchasiga o‘hshatsa bo‘ladi, man so‘mni dollarga aylantirdim, bir oz vaqt o‘tgandan keyin kimgadir dollar kerak bo‘ldi unga sotdim, albatta qimatroq o‘rtadagi tafovut esa manga foyda tariqasida keladi. Ana shunday jarayon butun jahon miqyosida qonuniy ravishda olib boriladi. Bunda dunyo banklari va har xil Katta kompaniyalar ishtirok etadi. Dollar yoki boshqa valyuta ko‘tarilish yoki tushushini, har xil habarlar, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, shu davlatning iqtisodiy holati orqali aniqlanadi va shu asosda ishlanadi.Bu ishda qimorga o‘hshab oldindan fol ochishlar bo‘lmaydi, hamma narsa qoida va ko‘rsatkichlar asosida belgilanadi, to‘g‘ri ba‘zi vaqtlarda qanday bo‘lishini bilib bo‘lmay qoladi. Shunday vaziyatda kutish orqali chiqib ketiladi.Savol: Bunday ishlar Islom qoidalariga to‘g‘ri keladimi, bundan olingan foyda halolmi?Oldindan katta rahmat!Javob:- Bunda qo‘lma-qo‘l oldi-berdi yo‘qligi uchun mumkin emas.Aksiyalar birjasi boyicha savol tushganida quyidagicha javob bergan ekansiz.Savol:Internet orkali xar xil dunyoning kuchli shirkatlarining aktsiyalarini sotib olib, keyin ularni akil ishlatib vakti bilan sotib, savdo sotik kilish mumkinmi? Oldindan katta raxmat.ALLOX SIZDAN ROZI BULSIN.Javob:Halol ish qiladigan shirkatlarning ulushlari bo‘lsa va aniq savdo bo‘lsa, joiz.____________________________________________________________________________________Mening savolim shundan iboratki, bu ikki birjadaham elektron pul almashuvi, yaani pul qolga tushmaydi lekin elektron hisbingizga tushadi, u erdan hohlagan vaqt naht pulga aylantirish mumkin.Valyuta haqida mumkin emas degansiz, Aksiya haqida mumkin degansiz, shunga sal aniqlik kiritib bersangiz. Iltimos va Oldindan Rahmat, Alloh sizdan rozi bolsin va Rosulullohni shafoatlariga muyassar qilsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Pul savodosida qo‘lma qo‘l bo‘lishi asosiy shartlardan biridir. Pullarning elektron savdosida pul umuman qo‘lga tushmaydi.

28 Апрел 2022, 00:49 | Савол-жавоблар | 174 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar