Broyler tovuqlar haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, O‘zbekistonda «halol» belgili mahsulotlar ishlab chiqarish talablari o‘rganib chiqilmoqda va shu narsani yo‘lga qo‘yishmoqchi, Alhamdulillah! Bunday mahsulotlarni ikkilanmay istemol qilish mumkinmi? Agar shu mahsulotga «halol» belgisi qo‘yilgan bo‘lsayu, lekin o‘zi bu talabga javob bermasa gunohi kimning zimmasida? Hozirgi kunda juda ommalashgan tovuqlar haqida. Tovuqlarni so‘yish uchun boshida bir marta «Bismillah»ni aytish kifoya qiladimi? 50 ta tovuq bo‘lsa, boshida bir marta aytadi, qolganida aytib o‘tirmaydi. Bu go‘sht halolmi? Yonidagi odam bilan gaplashib turib, xuddi oddiy ish qilayotganday qilayotgan ishiga ahamiyatsiz bo‘lib, tovuq so‘yiversa halol bo‘ladimi? Uni tozalash maslasida ham nozik joylari bor ekan. Iltimosim shuki, shu masalani «tovuq so‘yish va uni tozalash bilan shug‘ullanadigan» insondan so‘rab, iloji boricha ko‘proq ma’lumot beringlar. Masalan, «issiq suvga solsa halol, sovuq suvga solsa halol emas, ichki qismini tozalab keyin suvga solsa halol, tozalamasdan solsa halol emas» shu kabi yoritob bersangizlar. Cho‘chqa go‘shti harom, halollik talabiga javob berilmay so‘yilgan tovuq ham harom. Bularni istemol qilishda gunohi bir xilmi? Noo‘rin savollar uchun uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Gunohi bilganning zimmasida. 2). Shubhali. Shuning uchun katta ustozlar har bir tovuqqa “Bismillah” aytib so‘yish uchun ko‘proq ishchini yollashni taklifini berishgan va boshqa mamlakatlarda bu narsani o‘zlari joriy qilishgan. 3). “Bismillah”ni aytish shart. 4). Gunohi bir xil. Vallohu a’lam! Siz so‘ragan ma’lumotlarni ancha oldin berib bo‘lganmiz uni o‘qib amal qilish qoldi xolos. Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. https://fiqh.uz/maqola/192
28 Апрел 2022, 01:01 | Савол-жавоблар | 166 | Halol va harom