Xazrat fatvo bering iltimos (tuzatish kiritilgani)

Assalamu alaykum xazrat. Mani iblis la’nani vasvasalari va xiylalari kiynavordi. Xudo xoxlasa sizning fatvoingiz orkali iblis la’nani vasvasalari va xiylalaridan xolis bulaman va kunglim tinch buladi.Inshaalox. Man axli ayolim(xomiladorlik paytida) bilan kechasi (shomdan keyin)gi (kechkurun) arzimagan gap-suzlardan tortishayotganimizda man bugun otang yoki onang kelib uyiga olib ketishsa talok suzini ishlatuvdim. Lekin ozgina vakt utib uzimni tukgan onam biz yashab turgan 3-kavatdagi uyimizga chikib axli ayolimni 1-kavatdagi uyimizga tinchalitib olib tushib ketdilar (1-kavatdagi uyimizda uxlashgan ekan keyin bildim). Shundan keyin man yolgiz 3-kavatdagi uyimizda uxladim. Ertalab turib ishga ketdim. Ertalab ishda ishlayotgan vaktimda mani axli ayolim manga telefon kilib uning onasi uyimizga kelganligini va uyiga olib ketmokchiligini (uyiga borib dam olib tinchlanib kaytib kelishligi) uchun mandan ruxsat suradi. Man ruxsat bermadim lekin axli ayolim onasi bilan uyiga ketdi. Alloxga shukur bulsinki sizning Xadis va Xayot 13-juz kitobingizni ozgina ukib ilm olganligim sababli Ruxsat bermiman deb aytib ichimdan talok niyatda emas deb aytdim. Keyin axli ayolim ma’lum kunlar ichida kaytib keldi va oilaviy xayotimiz davom etib kelmokda Alxamdilillox.. Xazrat oila mukaddas Allox xam xoxlamiydi oila ajrashib va nikox buzilib ketishlikni va bolalar tirik etim bulib kolishlikni Allox asrasin, lekin iblis la’na mani shubxa va gulgula kilib kiynayaptdi, shularni inobatga olib manga 1chi va 2chi xolat buyicha fatvo bering. Allox sizdan rozi bulsin va Allox Paygambarimiz Muxammad s.a.v. va ularning oila a’zolari, siz va sizning oila a’zolaringiz bilan man va oila a’zolarim bilan birgalikda jannatda kushni bulib ilm olib abadiy yashashlikni nasib aylasin Omin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Sizning onangiz, o‘z uyinglarga olib chiqqani uchun taloq tushmaydi.2. Bu holatda hech qanday taloq shubhasi yo‘q.

28 Апрел 2022, 02:57 | Савол-жавоблар | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar