Taloq tushganmi?

Assalomu alaykum! Mening opam bir yarim yildan buyon Rossiyada ishlaydi, ishlash uchun qilgan dokumenti yana yarim yildan keyin tugaydi. Opam keyin uyga qaytmoqchi edi, lekin to‘satdan opamni eri “bo‘ldi uyga qayt” deb turib oldilar, (erini deport qilishgan shunchun chiqolmaydi chetga). Opam “Xo‘p ozroq ishlay, bilet qimmat hozir, ishxonada ham o‘rnimga odam topay” deb biletni eri aytgan kundan 10 kun keyinga olgan ekan. Eri bundan jaxl chiqib,  men aytgan kunda kelmasang javobingni beraman, men senga haromsan debdi. Opam borib oilasi bilan yashamoqchi, 2ta farzandi bor, bu holda taloq tushadimi? Nima qilish kerak? Men opamga aytmasdan so‘rayappan bu savolni!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Men senga haromman – deganda taloqni iroda qilgan bo‘lsa(javobingni beraman deganidan taloqni iroda qilgani ko‘rinib turibdi), bir taloq tushadi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 03:31 | Савол-жавоблар | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar