Ayollar xatnasi
Assalomu alaykum Hazratim, Robbimdan sizga uzoq umr tilagan holda bir savol so‘ramoqchiydim. Shayx hazratlari, yaqinda islomda ayollar xatnasi haqida o‘qib hayratda qoldim. Hatto bu haqida bir o‘rtog‘im bilan ham tortishib qoldim va u ba’zi hadislarni keltirdi, shundan so‘ng hech nima deya olmadim. U quyidagi hadisnlarni aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Fitrat 5 tadir: xatna qilish, avrat tuklari, tirnoqlar, muylab va qultiq osti tuklarini olish" - dedilar.(Muttafaqun alayh,Sahihi Muslim,2/125)Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xatna qilayotgan ayolga: "Kessang meyyordan oshirma! Chunki u yuzni guzallashtiradi va eri oldida xotin uchun foydali bo‘ladi"- dedilar.Iltimos, bu haqida bir oz ma’lumot bersangiz. Oldindan katta rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ummu Atiyya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Bir ayol Madinada xatna qilar edi. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga:«Uncha tag olma. Ana shunday bo‘lishi ayol uchun lazzatbaxsh va erkak uchun mahbubdir», dedilar».Abu Dovud, Tabaroniy va Hokim rivoyat qilganlar. Hokimning lafzi:«Madinada Ummu Atiyya degan ayol bor edi. U qizlarni xatna qilardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:«Ey Ummu Atiyya! Xatna qilgin. Tag olma. Chunki bu yuzga jamol, erga lazzat baxsh etur», dedilar».Bu rivoyatda qizlarni xatna qilish haqida so‘z yuritilmoqda. Bu ish issiq o‘lkalarda Islomdan oldin ham keng tarqalgan odat edi. Biz o‘rganayotgan hadisi sharifdan qizlarni xatna qilish odatini dinimiz ham iqror qilgani ko‘rinib turibdi. Bu haqda boshqa rivoyatlar ham bor. Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Xatna erkaklarga sunnat, ayollarga ikromdir», deganlar.Qizlarni xatna qilganda farjlarining ichidagi o‘simtaning uchidan bir oz kesiladi. Bu xatnaning nima uchun qilinishi hadisi sharifning matnida aytib o‘tildi. Ulamo ahli qizlarni xatna qilish issiq o‘lkalarga xos ekanligini ham ta’kidlab o‘tganlar.Hozirda g‘arbdagi ba’zi kuchlar, xususan, ayollar tashkilotlari qizlarni xatna qilishga qarshi katta safarbarlik o‘tkazmoqdalar. Chunki odatda g‘arbliklarning mijozlari sust bo‘lishi hammaga ma’lum. Ular bu narsani Islom dini tomonidan ayollarni xorlash, ularning sog‘ligiga zarar etkazish, deb vasf qilmoqdalar. Bunga g‘arbparast sharqliklar ham qo‘shilishmoqda. Eng qizig‘i, ba’zi biladigan kishilarning ta’kidlashlaricha, g‘arbning o‘zida ayollar o‘rtasida jimo’ paytida huzurni ziyoda qilish maqsadida badanning hassos joylariga, jumladan, farjlarga tamg‘a bostirish yoki shunga o‘xshash ishlarni qildirish ko‘payib bormoqda ekan.
28 Апрел 2022, 03:41 | Савол-жавоблар | 255 | Ayollarga oid masalalar