Foizga savdo

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, kasbim o‘qituvchi. Hamkasbimiz bozordan oshxona jixozlarini olib kelib ustiga qanchadur miqdorda qo‘yib boshqalarga beryapti. Ular kunda, xaftada pul qilib qanchadur vaqtda qaytarishyapti. Bu ishini foizga qilyapsiz yaxshi ishmas desam “savdogarlik bu” deb gapimga quloq solmadi. Qilayotgan ishi Islom doirasida halolmi? Biz bu buyumlarni olsak bizga hukmi qanaqa? Oldindan Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halol. Shariatimizda naqdga olib nasyaga sotish joiz. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 03:41 | Савол-жавоблар | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar