Halolmi?
Assalomu alaykum! Ustozlar 3 shaxsdan pul olib savdogarchilik qilib uning foydasidan pul olgan odamga foydasini bo‘lib bersam pul bergan odam uchun bu halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar har oyda muayyan bir miqdorni tayin qilinsa, har oyda foyda ko‘rsang ham, ko‘rmasang ham ellik mingdan berib turasan deyilishi sudxo‘rlik sanaladi. Savol: Men ish yuritib turgan suv chiqaruvchi korxonaga yuz ming tikdim. Ular har oyda besh mingdan foyda berib turishni va’da qilishdi. Bu shirkat joizmi? Javob: Bu shirkat emas, balki, ochiq oydin sudxo‘rlik bo‘lib, harom hisoblanadi. Shirkatda foydani aniq summa bilan belgilab olish joiz emas. Balk, foizlarda hisoblash talab etiladi. Agar biror muayyan summa belgilab qo‘yilsa, korxona bir oyda o‘sha summadan boshqa foyda ko‘rmasa, boshqa hissadorlar nima oladilar? Shu bois shariati islomiya shirkatdan chiqadigan foydalarni muayyan foyizda belgilashni tayin qilgan. Savol: Muzorabachi bir necha kishilardan mablag‘ oladi va har biriga foydaning nisbatini turlicha belgilaydi. Shu to‘g‘rimi? Javob: Muzorabachi sarmoya egalariga turli nisbatda foyda berib turishni kelishgan bo‘lsa joiz. Lekin kelishuv foyzlarga ko‘ra, ya’ni foydaning uchdan biri, ikkidan biri kabi bo‘lishi lozim. Agar har oyda muayyan bir miqdorni tayin qilinsa, har oyda foyda ko‘rsang ham, ko‘rmasang ham ellik mingdan berib turasan deyilishi kabi.U sudxo‘rlik sanaladi. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 04:10 | Савол-жавоблар | 170 | Moliya va tijorat