Lizing masalasi bo‘yicha
Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Men opam bilan sherikchilikda kiyim-kechak do‘koni ochib ish boshlaganmiz. Mablag‘ni ikkalamiz bir xil miqdorda tikib foyda zararni ham o‘rtada olishga kelishganmiz. Shu kunlarda tijoratimiz rivoji uchun pul judayam zarur bo‘lib qoldi. Banklardan kredit esa o‘zingizga ma’lum musulmon odam uchun to‘g‘ri kelmaydi. O‘ylab-o‘ylab bir yo‘l topdim. O‘zim minib yurgan avto ulovimni sotib tijoratga tikamanda, xuddi shunday avtomobilni lizing orqali qarzga 1 yilga sotib olaman. Do‘kondan chiqqan foydadan opam bilan men rozi bo‘lgan holda mashinaga to‘laymiz. Lizing kompaniyasining faoliyati esa quyidagicha: Bozordan avtomobilni sotib olib, o‘z foydasini qo‘yib bir yilda to‘lash sharti bilan menga sotadi. Pulning qadrsizlanishi, valyuta bozoridagi narxning oshib tushishi bizning savdoni o‘zgartirmaydi. Ya’ni yil boshida oldindan kelishilgan narx yil oxirida ham o‘zgarmaydi. Ushbu ish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri joylarini tushuntirib bersangiz iltimos. Oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Lizing ishi har xil bo‘ladi. Misol uchun, lizing kompaniyasi, pulni bankdan qarzga olgan bo‘ladi. Shuning uchun oldin lizing shartnomasini ilmli odamga ko‘rsatib olish kerak.
28 Апрел 2022, 04:36 | Савол-жавоблар | 138 | Turli savollar