Foyda olish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, mashina oldi sotdisida mashinani egasi “mana bu mashina 6000$ sotib bering xursand qilaman” desa sotib beruvchi mashinani 6000$ yoki undan yuqorisiga sotsa va sotilgan pulni ochiq aytib hammasini bersa, mashinani egasi sotganga yuqoridagi kelishuvga asosan 100$ bersa shu halolmi? Sizni xursand qilaman degan gap 100$ligini mashinani egasiyam sotuvchiyam biladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halol. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 05:40 | Савол-жавоблар | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar