Dardga shifo so‘rash

Assalomu alaykum! Ustozlar, sizlarga bir savolim bor, iltimos nourin tutmang.  Menga Alloh taolo bir dard (kasallik)  bergan,  bu kasallik meni yoshligimdan bor (7-8 yoshimdan).  Allohga shukur,  parvardigorim menga Islom dinidan oz bo‘lsa ham ilm berdi  va men bir kitobda o‘qigandim “noshkur bo‘lib Alloh taolodan har narsa so‘raverish kerak emas” deb.  Mening savolim shuki agar men manna shu dardim tuzalishini so‘rasam noshkurlikka kirmaydimi? Bir kitobda Qur’ondagi oyatni tarjimasini o‘qigandim, u erda yozilgandi: Alloh taolo aytgan: hojatingiz bo‘lsa mendan so‘rang.
Men aysi biriga quloq tutay? Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shifoni so‘rash noshukurlikka kirmaydi. Dardingizga davoni bilmaydigan kishiga aytishingiz, o‘rin yoki noo‘rin dardingizni gapiraverishingiz shikoyat bo‘ladi. Dardni tabibga aytish va Alloh taolo shifo so‘rash noshukurlik emas. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا أَنْزَلَ اللهُ دَاءً إِلاَّ أَنْزَلَ لَهُ شِفَاءً. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَلَفْظُهُ: لِكُلِّ دَاءٍ دَوَاءٌ فَإِذَا أُصِيبَ دَوَاءُ الدَّاءِ بَرَأَ بِإِذْنِ اللهِ عَزَّ وَجَلَّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh qaysi bir dardni nozil qilgan bo‘lsa, albatta, uning shifosini ham tushirgandir», dedilar». Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan. Muslimning lafzi: «Har bir dardning davosi bordir. Qachon davo dardni topsa, Alloh azza va jallaning izni ila tuzaladir».  عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّ اللهَ أَنْزَلَ الدَّاءَ وَالدَّوَاءَ وَجَعَلَ لِكُلِّ دَاءٍ دَوَاءً فَتَدَاوَوْا وَلاَ تَدَاوَوْا بِحَرَامٍ Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh dard va shifoni nozil qilgan. Har bir dard uchun shifo qilgan. Bas, davolaning. Faqat harom ila davolangmang», dedilar».  DAVOLANIShNING MUHIMLIGI VA UNDAGI EHTIYoTKORLIK  Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bemorlik holatlarida o‘zlari ham davolanlar hamda o‘zgalarga ham davolanishni tavsiya qilar edilar. عَنْ أُسَامَةَ بْنِ شَرِيكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَتَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَأَصْحَابَهُ كَأَنَّمَا عَلَى رُؤُوسِهِمُ الطَّيْرُ فَسَلَّمْتُ ثُمَّ قَعَدْتُ فَجَاءَ اْلأَعْرَابُ مِنْ هَاهُنَا وَهَاهُنَا فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ أَنَتَدَاوَى؟ فَقَالَ: تَدَاوَوْا فَإِنَّ اللهَ عَزَّ وَجَلَّ لَمْ يَضَعْ دَاءً إِلاَّ وَضَعَ لَهُ دَوَاءً غَيْرَ دَاءٍ وَاحِدٍ الْهَرَمُ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Usoma ibn Sharik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelsam, u zotning sahobalari xuddi boshlarida qush uchib yurgandek o‘tirishgan ekan. Salom berib, o‘tirdim. U yoqdan, bu yoqdan a’robiylar kelishdi va: «Ey Allohning Rasuli, davolanaylikmi?» deyishdi. «Davolaninglar, Alloh qaysi bir dardni qo‘ygan bo‘lsa, albatta, uning davosini ham qo‘ygan. Faqat bittadan, qarilikdan boshqasini», dedilar». Sunan sohiblari rivoyat qilishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bemorga puxta tabibda davolanish va parhez qilishga buyurar edilar. Harom narsalarni davo tarzida ham iste’mol qilishdan man qilar edilar. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu “mast qiluvchi narsa” haqida aytadilar: وَقَالَ ابْنُ مَسْعُودٍ فِي السَّكَرِ: إِنَّ اللَّهَ لَمْ يَجْعَلْ شِفَاءَكُمْ فِيمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمْ. رَوَاهُ الْبُخَاِرُّي مُعَلَّقًا «Albatta Alloh sizlarga harom qilgan narsalarida sizlar uchun shifo qilgan emas». Buxoriy ta’liq ila rivoyat qilgan. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِرَجُلٍ وَهُوَ يَعِظُهُ: اغْتَنِمْ خَمْسًا قَبْلَ خَمْسٍ شَبَابَكَ قَبْلَ هَرَمِكَ وَصَحَتَكَ قَبْلَ سَقَمِكَ وَغِنَاءَكَ قَبْلَ فَقْرِكَ وَفَرَاغَكَ قَبْلَ شُغْلِكَ وَحَيَاتَكَ قَبْلَ مَوْتِكَ. أَخْرَجَهُ الْحَاكِمُ فِي الْمُسْتَدْرَكِ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bir kishiga va’z qilib shunday dedilar: “Besh narsani besh narsadan oldin g‘animat bil; yoshligingni qariligingdan oldin, salomatligingni bemorligingdan oldin, boyligingni faqirligingdan oldin, bo‘shligingni mashg‘ulligingdan oldin, hayotingni o‘limingdan oldi”, dedilar”. Hokim “Mustadrak”da rivoyat qilgan. Foida: Maqsad shuki, tani sihhatlik va tiriklikni g‘animat bilib, yaxshi ishlarga bog‘langlar. Aks holda bemorlik va o‘limdan so‘ng hech narsa bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 19:59 | Савол-жавоблар | 168 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar