Bankdan pul olishdagi holat

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh martabanglarni baland qilsin. Savolim shundayki men Rossiyada ishlayman. Oylik maoshimni olganimdan keyin bank orqali uyga yuborsam uyimdagilar bankda qo‘riqchi bo‘lib turadigan militsiya xodimlariga pul berib jo‘natgan pulimni navbatsiz olishayotgan ekan. Bu qilayotgan ishlari shariyatimizga to‘g‘rimi? Bu bilan ishlab topayotgan xalol maoshim xaromga aylanib qolmayaptimi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haromga aylanmaydi. Ammo o‘sha qo‘riqchilarga berish haromdir. Chunki bu ayni poradir. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 06:46 | Савол-жавоблар | 138 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar