Qur’on qiroati
Assalomu alaykum! Men Qur’on qiroatlarini Shayx Mishari Rashid Al Afasiyning ovozli yozuvlaridan foydalanib o‘rganayotgan edim. Qiroatimni bir noib(Ko‘kaldoshni tamomlab Misrda ham o‘qib kelgan ekan) eshitib "Sen undan o‘rganma bir hadisda payg‘ambarimiz kim Qur’onni qo‘shiq qilib aytsa bizdan emas va unga jahannam olovi bo‘lsin deganlari ma’nosida xadis bor" deb aytdi. Undan ko‘ra shayx Minshaviydan o‘rgansen bo‘ladi deb aytdi. O‘zim va oila a’zolarim Mishari Rashidni tinglaymiz. Bu gaplardan keyn halovatim yo‘qoldi. Savolim: Shayx Mishari Rashidni qiroatiga o‘xshatib qiroat qilmasligim kerakmi? Shayx Mishari Rashidni tingamaslik kerakmi? Qaysi Qur’on hofizlarini tinglab va qiroat oxangida Qur’on o‘qishni davom ettirsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mishariy qorining qiroatiga ergashib o‘qish mumkin, u odam ko‘p ustozlardan ta’lim va ijoza olgan, xadisda aytilgan qo‘shiqqa o‘xshatish u kishining qiroatidagi nag‘malarga aytilmagan. Ammo ko‘pchilikning fikriga ko‘ra¸ ayrim o‘rinlarda Qur’onga nomunosib nag‘malar bor, shunga ba’zi ustozlardan e’tiroz bor. Ammo Minshaviy, Xusariy, Abdudbosit qori kabi ustozlardan o‘rganish yanada afzalligida shubha yo‘q. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 07:08 | Савол-жавоблар | 146 | Dolzarb savollar