Erim xiyonat qilyapti

Assalomu alaykum! Meni turmushga chiqanimga 5oy bo‘lib qoldi. Shu vaqt ichida erimni ko‘p gunoh ishlarga qo‘l urganini ko‘rdim. Erim namoz o‘qimaydilar, men yoshligimdan namoz o‘qiyman, to‘yimizdan keyin erim xiyonatgacha bordilar. Islom dinida erning xotinga qilayotgan xiyonatiga qanday yo‘l tutushi lozim? Iltimos yo‘l ko‘rsating.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Siz qattiq ibodatda, duoda va go‘zal xulqda bo‘lib eringizni bunday ishlardan qaytishga yordam bering. Bu kabi ayollarni bir qanchasini bilamiz. Erni er qilgan ham qaro er qilgan ham xotin deb bekorga aytishmagan. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 07:08 | Савол-жавоблар | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar