Ikki sajda o‘rtasida duo

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki sajdaning o‘rtasida o‘tirgan vaqtlarida “Robbig‘firliy” deb ikki marta aytgan ekanlar. Shu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي وَارْحَمْنِي وَعَافِنِي وَاهْدِنِي وَارْزُقْنِي. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki sajda orasida «Allohummag‘firli, varhamni va a’fini vahdini varzuqni», der edilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Duoning ma’nosi: «Allohim, meni mag‘firat qil, rahm qil, ofiyat ber, hidoyat qil va rizqlantir». ("Hadis va Hayot" kitobidan). عَنْ حُذَيْفَةَ أَنَّ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ َكَانَ يَقُولُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ : رَبِّ اغْفِرْ لِي ، رَبِّ اغْفِرْ لِي. رواه النسائي Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki sajda orasida “Robbig‘firliy, Robbig‘firliy” der edilar. Nasoiy rivoyati. Nafl namozlarida ayting. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 07:19 | Савол-жавоблар | 189 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar