Kelin kimni hurmat qilishi kerak?

Assalomu alaykum! Ustozlar, ayol uchun birinchi er ulug‘lanadimi yoki qaynona va qaynotami? Qaynotam “kelin, qaynona-qaynota uchun olinadi er uchun emas” deydilar.  Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qaynota va qaynonaning xizmatini qilish, duolarini olish ulkan barakot va yaxshiliklarga sabab bo‘ladi. Shunday bo‘lsada ularning xizmatlarini qilish kelinning zimmasiga vojib emas. Ularni kelindan xizmat talab qilishi, kelindan sadaqa so‘rash bilan barobardir. Chunki kelinning qaynona va qaynotaga qiladigan xizmatlari xolis yaxshilik bo‘lib, kelin tomondan ularga qilinadigan fazl-karam va sadaqot hisoblanadi. Erning ayoli ustida haqlari juda ham ko‘p. Shuningdek, ayolning eri ustida haqlari bisyor.  Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 07:51 | Савол-жавоблар | 209 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar