So‘yilgan tovuqni qaynoq suvga solish

Assalomu alaykum! fiqh.uz saytidan tovuqni qaynoq suvga solish mavzusini o‘qigan edim. Ammo bu erda bir narsaga oydinlik kiritmoqchi edim. Agar tovuqni so‘yib bo‘lib 63 darajadagi issiq suvga botirib olinib patlari yulinadi, ba’zi kishilar, uchta to‘rtta tovuqni botirgandan so‘ng, suvni yangilash kerak deyishyapti. Bu juda og‘ir ish. Bir kunda minglab tovuqlarni o‘sha suvga botirish kerak bo‘ladi. Shu masalaga oydinlik kiritib berishingizni iltimos qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Asosiy masala shuki tovuq ustida albatta najosat va  so‘yilgandagi qon bo‘ladi. Birinchi qaynoq  suvga solinsa ikkinchi o‘sha qaynoq suvda tovuq go‘shti najosatni o‘ziga shimib oladigan darajada uzoq tursa tovuq go‘shti nopok bo‘lib eyish joiz bo‘lmaydi. Agar qaynoq suvni tovuq ustida quyilsa yoki tovuqni qaynoq suvga solinsayu shimib oladigan darajada uzoq turmasa go‘sht nopok bo‘lmaydi. Siz keltirgan holatga ko‘ra 63 gradus qaynagan bo‘lmaydi, tovuq uzoq tursa ham najosat bo‘lmaydi. O‘sha suvga bir nechasini botirish joiz. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 08:35 | Савол-жавоблар | 162 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar