Yangi oy xakida
1.Oy yangi chikkanda (ya’ne 3-4 kunlik bulib kuringanida) oyim oyga karab tik turgan xolatda duo kilib olloxga shukr kiladilar va xokazo.Shu xakida ma’lumot bersangiz. 2.Birovdan pul olib ishlatib foydasidan bir kismini(agar foyda chiksa, kelishilgan xolda ma’lum foizini) yoki xar oy anik bir summani berib yursa kanday buladi?ribo bulib kolmaydimi?Masalan,bir million sum olib evaziga xar oy ellik ming sum berib yurishlik va bir yilda xammasini kaytib berish. 3.Birovga karz berishdan oldin pulni ma’lum bir narsa kimmatida,masalan mol gushtiga xisoblab bersa buladimi?(infilyatsiya xisobini kuzda tutib) Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Tolha Ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon yangi chiqqan oyni ko‘rsalar «Ey, Allohim! Uni bizga xayr baraka va iymon, salomatlik, Islom ila chiqargin. Robbim va robbing Allohdir» der edilar».Termiziy rivoyat qilgan.Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiyulloh sollallohu alayhi vasallam qachon hilolni ko‘rsalar «Hilolu xoyrin va rushdin. Hilolu xoyrin va rushdin. Hilolu xoyrin va rushdin» va uch marta «Omantu billazii xolaqaka», derdilar. So‘ngra «Falon oyni ketkazib, fiston oyni keltirgan Allohga hamd bo‘lsin», der edilar».Abu Dovud rivoyat qilgan.Ushbu duolardan birini yod olib, o‘z vaqtida o‘qib yurmoqni odat qilish zarur.2. Bunda ribo bo‘ladi.3. Bo‘ladi.
28 Апрел 2022, 10:36 | Савол-жавоблар | 159 | Turli savollar