Xazrati Ali ra
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar dinimizga qilayotgan holis hizmatlaringizni Alloh o‘zi mukofotlasin biz ilmsiz bandalariga ham Alloh taolo ilm va hikmat ato etsin. Ustozlar savolim Xulofoi roshidin Xazrati Ali r.anhu haqlarida biz bir Qori akadan eshitdik u kishini tog‘alari ham vodiyni katta domlalaridan u kishi aytdiki Ali r.a vafot etganlarida u kishini jasadlarini o‘z yurtiga olib ketish uchun 8 o‘lkadan podshohlar borib bir birlari bilan talashishgan ekan shunda Ali r.a ni axli bayti 8 ta tobut yasab ichidan bittasiga Ali r.a ni solib 8 ta podshohga tarqatishgan ekan va tobutni ochmasdan ko‘mishni aytishgan ekan lekin podshohlar yo‘lda hammalari ochganda hammasida Ali r.a ni jasadlari bor ekan va qabrlari sakkizta ekan bu joylar Shohi mardon deb atalar ekan bizda Farg‘ona viloyatidagi Shohi mardon ham shu 8 tani bittasi ekan va bundan tashqari dunyoda yana 7 ta Shohi mardon bor emish buni eshitib men inkor qildim chunki men bu gapni hech qaysi kitobda ham maʼruzada ham eshitmaganman meni bu gapimga qori aka ham shu davrada o‘tirgan qorilar ham qattiq javob berishdi aytishlaricha bu karomat ekan karomatga ishonmaslik iymonga zarar berar ekan lekin men fikrimdan qaytmadim ulardan hujjat talab qildim ular vohobiylar hamma narsaga hujjat so‘raydi karomatlarga ishonmaydi senham o‘shalarga ergashyapsan deb meni malomat qilishdi men to‘g‘ri qildimmi. 2 chi savolim Ali r.a ni Ibrohim ismli o‘g‘illari bolganmi u kishi quvvatda tengi yo‘q emish hatto otalari Ali r.a tanimasdan 3 kun jang qilgan ekan unga faqat Ali r.ani kuchi etgan ekan bu gap haqida ham ulardan eshitdim lekin bu gapga etiroz bildirmadim. 3 chi savolim esa Toshkentdagi bir imom domla Abu Hanifa r.a ni Ali r.anhudan taʼlim olgan dedi meni bilishimcha Ali r.anhu Halifaliklarini 5- yilida havorijlar tomonidan shahid etilgan bu voqea tahminan 40- hijriyga to‘g‘ri keladi Abu Hanifa r.a esa 70-hijriyda tug‘ilganlar meni malumotim shu bu gapni imom domla juma hutbasida aytdilar qayta qayta aytdilar o‘zlaridan so‘rawga imkon topolmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu g‘irt safsata. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 12:59 | Савол-жавоблар | 172 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu g‘irt safsata. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 12:59 | Савол-жавоблар | 172 | Aqiyda