Raqqosalarga pul berish

Assalomu alaykum! Ayrim tanishlarimizning to‘ylarida davradagi «raqqosa» qiz kelgan mehmonlarning oldiga chiqib olib, yo‘l bermay pul bermaguncha o‘sha mehmonlarning oldidan ketmasdan likkillab turib oladi. Menimcha bu hech qanday san’at ham emas, madaniyat ham emas, milliyligimizga ham umuman to‘g‘ri kelmaydi. Agar o‘sha paytda (o‘z sha’nimizni himoya qilish uchun) o‘sha «raqqosa» qizlarga pul bersak, bergan pulimiz isrof bo‘lib qolmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Harom bo‘ladi. U ham ko‘chadagi tilanchilik ham barobardir. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 13:10 | Савол-жавоблар | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar