Erkak kishining avrati

Assalomu alaykum! Erkak kishining avrat joylarini ayting iltimos ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erkak kishining avrati kindigi ostidan to ikki tizzasining ostigachadir. Avratining to‘silishi. «Avrat» so‘zi lug‘atda «nuqson», «ayb» degan ma’nolarni bildiradi. Shariatda esa berkitilishi vojib va nazar solish harom bo‘lgan narsa avratdir. Avratni to‘sish shartligiga dalillar: Alloh taolo "A’rof" surasida : خُذُواْ زِينَتَكُمْ عِندَ كُلِّ مَسْجِدٍ «Har bir ibodatda ziynatingizni oling», degan (31-oyat).  Ya’ni «kiyimingizni kiying, avratingizni to‘sing». ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 13:32 | Савол-жавоблар | 202 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar