Idda saqlash
Assalomu alaykum! Savolim biroz noxush xolat haqida. Ayol kishi eridan rasmiy ya’ni davlat qonunlari asosida ajrashayotgan vaqtda qaysi vaqtdan boshlab idda saqlanadi? Iddani erning uyida saqlaydimi? Bu holatda avrat masalasi ya’ni kiyinish madaniyati qanaqa bo‘lishi kerak? Og‘zaki taloq berilmagan, lekin ajrim uchun hujjat topshirilgan, 3oy sinov muddati berilgan, ayolni esa oilasini tiklash niyati yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Idda er taloq qilgan yoki vafot topgan vaqtidan boshlanadi. Majburiy tarzda xujjatga qo‘l qo‘yishning o‘zi taloq o‘rniga o‘tmaydi. Idda erning uyida bo‘lishi vojib. Begonalardek avratlarini berkitgan holda bo‘ladi. Bir xonada bo‘lmasliklari shart. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 13:32 | Савол-жавоблар | 189 | Oila va turmush