Hojilar jannatiymi?
Assalomu alaykum! Aytingchi hajga borgan insonlar jannatiy bo‘lishadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قاَلَ: مَنْ حَجَّ ِللهِ فَلَمْ يَرْفُثْ وَلَمْ يَفْسُقْ رَجَعَ كَيَوْمِ وَلَدَتْهُ أُمُّهُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Alloh uchun haj qilsa, fahsh so‘z aytmasa va fisqu fasod qilmasa, xuddi onasi uni tuqqan kundek qaytadi», dedilar». Sharh: Ya’ni, haj ibodati davrida uyat so‘zlarni aytmay, fisqu fasod ishlarni qilmay yurgan kishilar xuddi onadan tug‘ilgandek begunoh holga qaytadilar. Bu haqiqatni hajga boruvchi har bir kishi eng zarur narsalar qatori qalbiga singdirib olmog‘i lozim. Haj odatda kishiga umrida bir marta beriladigan fursat. Undan har bir hoji unumli foydalanishi lozim. Buning uchun hajga jo‘nashdan oldin haj safarida o‘ziga lozim bo‘lgan narsalarni yaxshilab o‘rganib olmog‘i kerak. Bandaga o‘rganishi lozim bo‘lgan narsalarning eng muhimlaridan biri ushbu hadisda zikr qilinmoqda. Hajni niyat qilgandan boshlab gunohlardan onadan tug‘ilgan paytdagidek pok bo‘lish harakatiga tushish lozim. Tayyorgarlik ko‘rib olib, haj davomida biror og‘iz fahsh so‘zlarni aytmay, fisqu fasod qilmay yursa, inshaalloh, o‘sha banda murodiga etadi. Haj qilish niyati ila ehrom bog‘lagan kishi o‘sha ondan boshlab to haj amallarini ado etib bo‘lgunicha ibodatda bo‘ladi. Har bir hoji ushbu haqiqatni bir lahza ham unutmasligi lozim. Buyuk sahobiy Anas ibn Molik roziyallohu anhu ehrom bog‘laganlaridan boshlab, to haj amallarini bajarib bo‘lgunlaricha biror og‘iz behuda so‘z aytmas edilar. U kishi bu borada hammaga o‘rnak bo‘lishlari kerak. وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: الْعُمْرَةُ إِلَى الْعُمْرَةِ كَفَّارَةٌ لِمَا بَيْنَهُمَا، وَالْحَجُّ الْمَبْرُورُ لَيْسَ لَهُ جَزَاءٌ إِلَّا الْجَنَّةُ. رَوَاهُمَا الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Umradan keyingi umra ikkisining orasidagi narsalarga kafforotdir. Hajji mabrurning mukofoti jannatdan boshqa narsa emas», dedilar». Ikkisini beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan. Sharh: Bu rivoyatda ham umraning, ham hajning fazli haqida so‘z bormoqda. Keyingi umra o‘zidan avvalgi umradan buyon sodir etilgan Alloh taoloning haqqiga oid bo‘lgan ma’lum gunohlarning yuvilib ketishiga sabab bo‘lar ekan. Agar hajji mabrur bo‘lsa, uning mukofoti jannatdan boshqa narsa bo‘lmas ekan. Hajji mabrur – riyo va gunoh ishlardan xoli bo‘lgan, saxiylik hamda husni xulq ila ado etilgan hajdir. Haj qiladigan odam jannatga erishish uchun mislsiz katta imkoniyatga ega bo‘ladi. Haj qiluvchi diynimizning besh ruknidan biri bo‘lgan ushbu ulkan ibodatni ado etish paytida riyo va gunoh ishlardan xoli bo‘lsa, hajni saxiylik hamda husni xulq ila ado etsa, mazkur va’da qilingan narsaga erishadi. Bu va oldin kelgan hadislardan haj ibodatining boshqa ibodatlar qatori, odob-axloq masalasiga qanchalar bog‘liq ekanligini ko‘ramiz. Musulmon inson bu ibodatni ado etish jarayonida o‘zining odobi va axloqini sayqallash imkoniga ega bo‘ladi. وَقَالَتْ عَائِشَةُ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: يَا رَسُولَ اللهِ، نَرَى الْجِهَادَ أَفْضَلَ الْعَمَلِ أَفَلَا نُجَاهِدُ؟ قَالَ: لَا، لَكِنَّ أَفْضَلَ الْجِهَادِ حَجٌّ مَبْرُورٌ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَلَفْظُهُ: وَلَكِنْ أَحْسَنُ الْجِهَادِ وَأَجْمَلُهُ حَجُّ الْبَيْتِ «Oisha roziyallohu anho: «Ey Allohning Rasuli! Jihodni eng afzal amal deb bilamiz. Jihod qilaylikmi?» dedi. «Yo‘q. Ammo jihodning afzali Baytga hajdir», dedilar». Buxoriy va Nasaiy rivoyat qilganlar. Nasaiyning lafzida: «Lekin jihodning yaxshisi va go‘zali hajji mabrurdir», deyilgan. Sharh: Mahbub Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom o‘zlarining bu muborak hadislarida haj ibodatini jihoddan ham yuqori darajaga qo‘ymoqdalar. Avvalgi musulmonlarning barchasi eng afzal amalni qilish va eng ulkan savobni olish ishtiyoqi ila yonib yashar edilar. Mana, ularning vakilasi Oisha onamiz roziyallohu anho Payg‘ambarimiz alayhissalomdan: «Ey Allohning Rasuli! Jihodni eng afzal amal deb bilamiz. Jihod qilaylikmi?» deb so‘radilar. Demak, ayollar jamoasi o‘zlari o‘rgangan oyati karimalar va hadisi shariflardan islomiy amallarning ichida eng afzali jihod, degan xulosaga kelganlar. Ammo ular o‘zbilarmonlik qilish dardidan xoli bo‘lib, o‘zlariga peshvo bo‘lgan, o‘zlaridan ilmli zotlardan so‘ramay, biror ish qilmaganlar. Bu safar ham Oisha onamiz o‘zlari bilgan narsani, ya’ni ayol kishilarning ham eng afzal amalni qilish niyatida jihod qilishlari lozim yoki lozim emasligini yana bir bor aniqlab olish maqsadida so‘radilar. Shunda Rasululloh alayhissalom: «Yo‘q. Ammo jihodning afzali hajji mabrurdir», dedilar». Demak, ayollar jamoasiga haj qilish, haj bo‘lganda ham, hajji mabrur qilish eng afzal jihod bo‘la olar ekan. Nasaiyning lafzida: «Lekin jihodning yaxshisi va go‘zali Baytga hajdir», deyilgan. Bu hadisdan hajji mabrur eng go‘zal va eng yaxshi jihod ekanligi ma’lum bo‘lmoqda. Shuning uchun haj qilish baxtiga muyassar bo‘lgan har bir banda o‘z hajining hajji mabrur – riyo va gunoh ishlardan xoli, husni xulq ila ado etilgan haj bo‘lishi uchun harakat qilmog‘i zarur. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Bu haqida batafsil “Hadis va Hayot” kitobidan bilib olasiz. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:08 | Савол-жавоблар | 149 | Ibodatlar