Oilaviy jamg‘armadan zakot 3
Assalomu alaykum! Bundan oldingi zakot haqidagi savolarimga agar farzandlar oyligini otasiga olib kelib bersa, hatto ular uylangan bo‘lsa ham, mulk otaniki bo‘ladi deb javob bergandingiz. Men va ukam oilali emasmiz, har oyda oyligimizni ota onamizga beramiz, ular duo qilishadi keyin olib qo‘y deyishadi va yig‘iladigan joyga qo‘yib, yo‘l kiraga bozor ucharga ishlataveramiz. Savolim shundan iboratki:
1.O‘sha yig‘ilgan pulda onamlarni ham qo‘shganlari bor edi, qanchaligi bilmaganimiz uchun otamga hadya qildilar. Men o‘sha yig‘ilgan pul bitta bo‘ldi, otamga tegishli bo‘ldi deb hisobladim. Va o‘sha jami puldan zakot berdik. Berayotganda onamlar, otasini o‘g‘illarimni qiling debdilar, olayotgan haqdor hammamizni duo qilibdilar. Lekin bugun mana bu savol javobni o‘qib gumonlandim.
Qurbonlik
-Masala noto‘g‘ri echilgan. Hadisdagi “Sen ham moling ham otangniki”dan murod, ota o‘g‘ilning molidan bemalol foydalanishi iroda qilingan. Bu bilan “bolaning mulki otaning mulki” degan ma’no tushinilmaydi. Bu holatda o‘g‘il qaytadan qurbonlik kunlari qaytadan qurbonlik qilishi vojibdir. Vallohu a’lam!
Bergan zakotimiz to‘g‘ri bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1-savolda otaga topshirilgani aytilgan. 2-savolda esa, otaga topshirilgani aytlgan emas. Shuning uchun shunday javob berilgan edi. Agar pullaringizni olib kelib, otangizga topshirgan bo‘lsangiz, otangiz nisob egasi bo‘lib, zakotni u kishi beradi. agar topshirmagan bo‘lsangiz, kimning mulki nisobga etsa o‘sha beradi. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:08 | Савол-жавоблар | 148 | Moliya va tijorat