Gunoh ishlarni majburan qilish

Assalomu alaykum! Qur’oni karimda “Kim odamlarni dilini og‘ritib, harom ishlar qilib, odamlarni nasibasini o‘g‘irlasa  va uni  iymonga ishontirib besh vaqt namoz o‘qishga majburlolmasa, uning oxirati do‘zax” deb yozilgan ekan. Mening savolim, agar bir odam xuddi shunday o‘zini tutsa,  faqat shu ishini oilasiga muhtojligidan gunoh va harom ish qilsada, lekin odamlar shuni bilmasa. U odamning ham oxirati do‘zaxmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Harom ish har qanday holatda ham haromdir. Inson har kuni o‘lib qolmaydigan darajada taomini eb turishini Alloh taolo O‘z zimmasiga olgan. Undan ortig‘ini topaman deb harom ishga qo‘l urish joiz emas. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:09 | Савол-жавоблар | 137 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar