Siz deb yuzlanish

Assalomu alaykum! Men duo qilayotgan chog‘imda Allohga «Siz» deb murojat qilaman. Shu kungacha bu mavzu haqida hech qanday ma’lumotga ega emasman. Ustiga ustak birovdan so‘ramananligim uchun hozirgacha to‘g‘ri-yoki noto‘g‘ri ekanligini bilmayman. Bugun qidirish tizimidan Shayx Muhammad Sodiq (joylarni Jannatdan bo‘lsin) janoblarining https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=8059.0 javoblarini topdim. Lekin javob, savolning qaysi qismiga berilganligini bilishga aqlim etmadi. Shuning uchun, sizlarning vaqtingizni olsamda, savolni qaytarishga qaror qildim. Ming bor uzur va tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=8059.0;wap "Hikmatli dunyo"ni bir sonida nega Allohga "sen" deb murojaat qilishimiz haqida gapirilgandi. “Bu arab tili grammatikasi bilan bog‘liq, sen degani birlikni, siz deyilsa ko‘plikni anglatadi” degan ma’noda javob berganlar. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:12 | Савол-жавоблар | 136 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar