Hadis va namoz haqida

Assalomu alaykum! Yaqinda namoz o‘qishni boshladim. Bir hadisga ko‘zimiz tushdiyu halovat yo‘qoldi. Ustozlar, unda yozilishicha har 1000 ta odamdan 999 tasi do‘zaxiy faqat bittasi jannatiy bo‘lar ekan. Shu hadis sahihmi?
2-Xozir 28 yoshimda namozni boshladim, namozning farz bo‘lishi 12 yoshimdan boshlangan bo‘lsa, qolgan 16 yillik namozim va ro‘zamni qanday uzsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Siz aytgan hadisning to‘liq matni quyidagicha. حَدَّثَنِي إِسْحَاقُ بْنُ نَصْرٍ، حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، عَنِ الْأَعْمَشِ، حَدَّثَنَا أَبُو صَالِحٍ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ  رضي الله عنه: عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: «يَقُولُ اللهُ تَعَالَى: يَا آدَمُ. فَيَقُولُ: لَبَّيْكَ وَسَعْدَيْكَ، وَالْخَيْرُ فِي يَدَيْكَ. فَيَقُولُ: أَخْرِجْ بَعْثَ النَّارِ. قَالَ: وَمَا بَعْثُ النَّارِ؟ قَالَ: مِنْ كُلِّ أَلْفٍ تِسْعَمِائَةٍ وَتِسْعَةً وَتِسْعِينَ، فَعِنْدَهُ يَشِيبُ الصَّغِيرُ،(وَتَضَعُ كُلُّ ذَاتِ حَمْلٍ حَمْلَهَا وَتَرَى النَّاسَ سُكَارَى وَمَا هُم بِسُكَارَى وَلَكِنَّ عَذَابَ اللَّهِ شَدِيدٌ)». قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، وَأَيُّنَا ذَلِكَ الْوَاحِدُ؟ قَالَ: «أَبْشِرُوا، فَإِنَّ مِنْكُمْ رَجُلٌ، وَمِنْ يَأْجُوجَ وَمَأْجُوجَ أَلْفٌ». ثُمَّ قَالَ: «وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ، إِنِّي أَرْجُو أَنْ تَكُونُوا رُبُعَ أَهْلِ الْجَنَّةِ». فَكَبَّرْنَا. فَقَالَ: «أَرْجُو أَنْ تَكُونُوا ثُلُثَ أَهْلِ الْجَنَّةِ». فَكَبَّرْنَا. فَقَالَ: «أَرْجُو أَنْ تَكُونُوا نِصْفَ أَهْلِ الْجَنَّةِ». فَكَبَّرْنَا. فَقَالَ: «مَا أَنْتُمْ فِي النَّاسِ إِلَّا كَالشَّعَرَةِ السَّوْدَاءِ فِي جِلْدِ ثَوْرٍ أَبْيَضَ، أَوْ كَشَعَرَةٍ بَيْضَاءَ فِي جِلْدِ ثَوْرٍ أَسْوَدَ». أطرافه: 4741، 6530، 7483 - تحفة: 4005 - 169/4 Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh taolo: «Ey Odam», deydi. U: «Labbay, amringga muntazirman! Yaxshilik Sening qo‘lingda», deydi. U Zot: «Do‘zaxga yuboriladiganlarni chiqar», deydi. U: «Do‘zaxga yuboriladiganlar qancha?» deydi. U Zot: «Har mingtadan to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi», deydi. Ana shunda go‘dakning sochi oqarib ketadi, «har bir homilador homilasini tashlaydi va odamlarni mast holatda ko‘rasan, holbuki, ular mast emaslar. Lekin Allohning azobi qattiqdir».  «Ey Allohning Rasuli, o‘sha bir kishi qaysi birimiz?» deyishdi. U zot: «Xushnud bo‘ling, chunki sizlardan bir kishi, Ya’juj va Ma’jujdan esa ming», dedilar. So‘ngra «Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, men jannat ahlining to‘rtdan biri sizlar bo‘lasiz deb umid qilaman», dedilar. Biz takbir aytdik. «Jannat ahlining uchdan biri sizlar bo‘lasiz deb umid qilaman», dedilar. Biz takbir aytdik. «Jannat ahlining yarmi sizlar bo‘lasizlar deb umid qilaman», dedilar. Biz takbir aytdik. Shunda u zot: «Sizlar odamlar orasida oq ho‘kizning terisidagi bir dona qora tuk yoki qora ho‘kizning terisidagi bir dona oq tukka o‘xshaysizlar», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Qiyomat kunidagi holat shunday bo‘lishini dunyo xaritasini bir ho‘kiz deb tasavvur qilib, undagi musulmonlarning adadi, qolaversa ularning ichidagi namoz o‘quvchi, ro‘za tutuvchilari va ulardan ham qanchalari o‘sha amallarni shariatga muvofiq qiluvchilari ekanligidan ham bilib olishingiz mumkin. Vallohu a’lam! 2).  https://fiqh.uz/index.php/ibodat/namoz/686-azo-namoz-shariat-ravshanligidahttps://savollar.islom.uz/savol/88332

26 Май 2022, 13:18 | Савол-жавоблар | 192 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar