Jamoatni topish

Assalomu alaykum! Ming bor uzr vaqtingizlarni olganim uchun. 1). Bir narsani ozgina tushunmay turibmiz. Bir odam jamoatga qo‘shilaman deb keldi, imom va jamoat ruku’da, u odam takbir aytib ruku’ga borayotganda imom va jamoat ruku’dan qaytdi. Shu holatda jamoatni va o‘sha rak’atni topgan hisoblanadimi?
2). Bir odam jamoatga qo‘shilaman deb keldi, u odam takbir aytib namozga kirishayotganda imom va jamoat ruku’dan qaytib sajdaga ketdi. Ushbu holatda iqtido qilgan odam ruk’ qiladimi yoki jamoat bilan sajdaga ketadimi? Savoldagi xato va kamchiliklar uchun uzr so‘rayman. Javobingiz uchun kattadan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Odatda imom ruku’dan qaytish bilan birgalikda takbir ham aytishi sunnat. Yangi qo‘shilayotgan odam, imom takbirni aytishidan avval ruku’ darajasiga engasha olsa, o‘sha rak’atni topgan hisoblanadi. Tasbeh aytishga ulgurmasa ham. Agar ulgura olmasa, o‘sha rak’atni topgan bo‘lmaydi. 2). Sajdaga ketadi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:34 | Савол-жавоблар | 152 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar