Zam zam suvni to‘g‘ri ichishlik
Assalomu alaykum! Insonlar haj va umradan kelishganida ularni ziyoratiga kirilganda zam zam suvini tik turib qiblaga qarab ichadilar. Zam zam suvini qanday ichiladi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida har bir ichimlikni o‘tirib ichish sunnat. Zam zam suvi borasida tik turib ichishga ruxsat bor, shunda ham afzali o‘tirib ichish. Zam zam suvini ichish vaqtida yaxshi narsani niyat qilish hadisda kelgan. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَاءُ زَمْزَمَ لِمَا شُرِبَ لَهُ. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ وَأَحْمَدُ وَابْنُ حِبَّانَ وَصَحَّحَهُ. وَاللهُ أَعْلَمُ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Zamzam suvi nima uchun ichilsa, shuning uchundir», dedilar». Ibn Moja, Ahmad va Ibn Hibbon rivoyat qilganlar. Ibn Hibbon sahih, degan. Alloh bilguvchiroqdir. Sharh: Ya’ni zamzamni kim nima niyatda ichsa, o‘sha niyatiga etishadi. Bu haqiqatni ko‘pchilik muxlislar o‘z tajribalaridan o‘tkazishgan. Imom Dora Qutniy va Hokim keltirgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Zamzam suvi nima uchun ichilsa, shuning uchundir. Uni shifo talabida ichsang, Alloh senga shifo beradi. Uni panoh talabida ichsang, Alloh senga panoh beradi. Agar uni chanqog‘ingni kesish uchun ichsang, Alloh chanqog‘ingni kesadi. Agar uni to‘yish uchun ichsang, Alloh seni to‘ydiradi. U Jabroilning ishorasidir. U Ismoilning ichimligidir». ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 20:05 | Савол-жавоблар | 215 | Dolzarb savollar