Masjiddagi yoqimsiz holat
Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, kecha masjidda taroveh namoz vaqti yonimda turgan bir yigit ayollar kabi takbir aytib, qo‘lni ko‘kragini ustida ushladi va oyoqlari orasi elkasidanda keng qo‘ydi va juda ko‘p chalg‘itdi. Bundaylarga biror tanbeh berish kerakmi? Balki mazhabi boshqadir yana bilmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan holatlar sunnat bo‘lib, hadislarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni shu amallarni qilganlari keltirilgan. Unga haqorat ko‘zi bilan qaramang. Faqat u amallarni bizning mazhabimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning boshqa amallarini rojih ko‘rganlar. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 13:44 | Савол-жавоблар | 169 | Ta’lim va muta’allim