Ro‘za odam burniga “sprey” dori ishlatsa

Assalomu alaykum! Mening ismim Ma’ruf, meni qiziqtirayotgan bir savolim bor edi. Ro‘za paytida shamolagan odam burni bilan nafas olishni engilashtiradigan “sprey” ya’ni burin ichiga purkaydigan dori ishlatsam ro‘zam ochilib ketmaydimi? Men atrofimdagi insonlardan aniq javob topa olmadim. Oldindan javobingiz uchun rahmat. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘zani tomoqdan ichkariga o‘tgan narsa buzadi. Shuning uchun tahorat va g‘uslda burniga suv olgan kishi burnini achishtirmay yuvishga buyurilinadi. Burniga dori tomizgan kishining ro‘zasi ochiladi. Chunki u halqumi orqali ichkariga o‘tadi. Sprey sepilganda ham uning mazasi tomog‘idan o‘tsa ro‘zasi ochiladi.(Odatda shunday bo‘ladi ham). Vallohu a’lam.

28 Апрел 2022, 14:37 | Савол-жавоблар | 160 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar