Amallardagi niyat

Assalomu alaykum! Men namoz o‘qiyotganimda, duo qilayotganimda va boshqa amallarni qilayotganimda faqat do‘zaxdan qo‘rqqanim uchun qilayotganim o‘zimga ma’lum bo‘lib qoladi. Lekin men “ibodat 3 ga bo‘linadi. 1-qulning ibodati, 2-savdogarning ibodati va 3-oshiqning ibodati” deb eshitganman. Mening holatim ko‘proq savdogarning ibodatiga o‘xshaydi. Meni taajubga solayotgan narsa shuki, faqat do‘zaxni o‘zidan qo‘rqib ibodat qilish joizmi? Men qanday qilib qalbimni o‘zgartira olsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ibodatda bardavom bo‘lsangiz, keyingi darajalarga ham in shaa Alloh erishasiz. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 13:49 | Савол-жавоблар | 160 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar