Ateist tanish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men uyimdan uzoqda ishlayman va o‘z mashinamda qatnayman. Ishxonamizda yana bir sherigimiz uyimga yaqinroq joyda yashagani uchun uni ham oborib obkelaman va ishda ham birga tushlik qilamiz. Savolim shuki u insonni bugun ateistligini boshqadan odamdan eshitib qoldim. Vaholanki u inson o‘zbek. Shunga u odamga qanday munosabatda bo‘lishim kerak? Ishga o‘zingiz qatnang deymi? Birga tushlik qilishimchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avval uni dindan qochirmaydigan qilib o‘zidan so‘rang, balki “boshqa odam”dan sizga kelgan ma’lumot to‘g‘ri emasdir. Agar shunday bo‘lsa unga go‘zal suratda hilmlik bilan dinni tushuntirishga harakat qiling. O‘zingiz sharitga amal qilishda u kishiga namuni bo‘ling. Hamma yuz o‘girib ketaversa undaylar hayotdan shundayligicha o‘tib ketishi mumkin. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 14:48 | Савол-жавоблар | 167 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar