G‘oyibi janoza

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam g‘oyibdan janozalarini o‘qigan kishining ismlari kim bo‘lgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Najoshiy hamda Muoviya Laysiy roziyallohu anhumolarga g‘oibona janoza o‘qiganlar. Hanafiy va Molikiy mazhabi ulamolari buni, “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlariga xos” deyishgan. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlik davrlarida u zotga qadrdon bo‘lgan ko‘p sahobiylar safarda vafot topganlar. Ularning xabarlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga etib kelganida(ba’zilariniki vahiy orqali. Masalan Ja’far Toyyaar hamda tutingan o‘g‘illar Zayb ibn Xorisalar kabi) g‘oibona janoza namozini o‘qimadilar. Holbuki : “Sizlardan birortangiz vafot topsa. Albatta menga xabarini etkazinglar. Chunki mening ungi o‘qigan janoza namozim u uchun rahmatdir” deganlar.  Vallohu a’lam! https://siyrat.uz/?p=577  

26 Май 2022, 14:02 | Савол-жавоблар | 161 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar