Haj safariga shart
Assalomu alaykum! Ma’lumki, haj safariga bormoqchi bo‘lganlarni bizda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish shartligi bor. Va jismoniy va ruhiy sog‘lom bo‘lganlar safarga chiqishga ruxsat etilishi kerak. Odatda bu haj safariga aksariyat holatda yoshi kattalar, qariyalar otlanishadi. Biroq ularning hech bittasi yo‘qki biror hastaligi, tanasida dardi bo‘lmasa. Ayniqsa, deyarli barcha qariyalarning yurak-qon-tomir kasalliklari mavjud bo‘lib chiqadi. Ko‘riklarni o‘tkazayotgan shifokorlar esa aslida bu holatni qayd qilishlari lozim va ruxsat bermasliklariga haqlari bor bo‘ladi. Keyin bo‘lg‘uvsi «hoji»lar o‘zlarining sog‘lom ekanligini «to‘g‘rilash» uchun pul, ya’ni pora berishadi. Bu holat aksariyat safariylarda bor. Ana endi ana shunaqa holat bilan hajga borish mumkinmi? Qabul bo‘lishi shubhada qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Keksalarimiz har yili hajga borib kelmoqdalar. Ularning sog‘liklari yoki ba’zi bir salomatliklaridagi kamchiliklar ibodatni to‘liq ado etishlariga to‘sqinlik qilayotgani yo‘q. Shunday ekan bu holatdagi kishilar hajga borishlari shar’an qaytarilgan emas. Zimmalariga hajni ado qilish farz bo‘ladi. Xatolik hajga boruvchilar tarafidan bo‘lmay shifokorlar tarafidan bo‘lishi ham mumkin. Vallohu a’lam!
26 Май 2022, 14:16 | Савол-жавоблар | 141 | Ibodatlar