Plastik savdosi

Assalomu alaykum! Uzr so‘ragan holda savolimni qayta to‘liqroq bermoqchiman. Bozorimizdagi go‘sht do‘konlarida  go‘sht  narxi naqd pulga 25.000 so‘m, plastikka 26.000 so‘mdan sotiladi.  Tanishimning go‘sht do‘konida savdo terminali yo‘q. U go‘shtni 25.000 so‘mdan sotadi, oshxonalarga esa  ulgurji narxda  23.000 so‘mdan beradi. Menda savdo terminali bo‘lib, meni savdoim go‘sht savdosi emas, boshqa savdo bilan shug‘ullanaman. Tanishim plastik kartaga go‘sht oladiganlarni  meni do‘konimga kirgazadi. Men terminalim orqali 1 kg go‘sht uchun 26.000 so‘mdan olib qolib, qassobga esa 23.000 so‘mdan ulgurji narxda to‘layman. Shu savdo joizmi?  Yoki qassobga ma’lum kg (masalan 100kg) uchun oldindan 23.000 dan to‘lab qo‘yishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 26.000 so‘mdan olib qolganingizni jinsini o‘zgartirib, 23.000so‘mga to‘g‘ri keladigan miqdorda bersangiz  joiz. Ikkisi ham bir jinsdan bo‘lsa joiz emas. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:20 | Савол-жавоблар | 148 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar