Shayton oldimdan ketishi uchun

Assalomu alaykum! Shayton oldimdan ketishi uchun men nima qilishim kerak? Oxirgi paytlarda o‘tirsam ham, tursam ham juda katta gunohlarga qo‘l urayapman. Shayton hech fikrimni qo‘yib yubormayapti. Iltimos menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Solih insonlar orasida o‘tirishga harakat qiling. Tez-tez ularning so‘zlari va hikmatlaridan eshitib turing. Yomg‘ir suvi erni ko‘kartirgani kabi, hikmatli so‘zlar o‘lik qalblarni tiriltiradi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:21 | Савол-жавоблар | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar