Nogironlar namozi

Assalomu alaykum! Bir birodarim bor. U birinchi guruh nogironi (oyoqlari deyarli ishlamaydi). U namozlarini stulda o‘tirib imo-ishora bilan o‘qiydi. U mendan “shunday o‘qish to‘g‘rimi” deb so‘rab qoldi. Men esa bu masalani sizlar orqali aniqlab berishga harakat qilishimni aytdim. Bu birodarim o‘zi mustaqil holda tik turishga va ruku’ qila olmaydi, lekin o‘tirgan joyidan sajda qila oladi. Biroq sajda qilganida ikkala oyoqlari erdan ko‘tarilib qoladi. Yana aytishicha sajda qilganida orqasidan bod chiqib tahorati buzilib qolar ekan. Sizlardan iltimos shu masalada ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozlarini stulda o‘tirib imo-ishora bilan o‘qishi kerak. Agar sajda qilsa bod chiqadigan bo‘lsa, chiqmaydigan holatda ishora bilan sajda qilishi kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

26 Май 2022, 14:21 | Савол-жавоблар | 140 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar